Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Genrix Mxtaryan qoladimi?
Armanistonlik futbolchi Genrix Mxitaryan ayni damda ijara asosida “Roma” safida harakat qilayotganidan xabaringiz bor.
“Correra Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchining o‘zi Rimda qolishni istamoqda. Buning uchun u o‘z maoshining kamayishiga ham rozi bo‘lmoqda.
Bugungi kunda “Roma” va “Arsenal” o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Rimliklar arman futbolchisi uchun 10 million yevro taklif qilishmoqda. London jamoasi esa, 18 milliondan kamiga Genrixni qo‘yib yubormoqchi emas.
Armanistonlik futbolch bu mavsumda “A Seriya”ning 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol yozib qo‘ydi.
Flik shartnomadan bosh tortdi
Myunhenning “Bavariya” jamoasi vaqtincha murabbiyci Xans-Diter Flik jamoa bilan shartnoma tuzishdan bosh tortdi.
“Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, murabbiyi korona-taffus chog‘ida shartnoma borasida muzokara o‘tkazishni istamagan.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, Flik barchasi o‘z joyiga tushgach, jamoa bilan shartnoma tuzishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgna.
Eslatib o‘tamiz, Flik va “Bavariya” o‘rtasidagi shartnoma mavsum so‘nggiga qadar tuzilgan.
“Chelsi” darvozabon izlashda davom etadi
Londonning “Chelsi” jamoasi yozda sifatli kipper sotib olmoqchi ekanligidan xabaringiz bor.
“Daily Mail” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “aristokratlar” yozda “Milan” darvozaboni Janluijji Donnarummani xarid qilishga yaqin turibdi.
Manba bergan xabarlarga ko‘ra, “Chelsi” yozda “Milan”ga kipper uchun 60 million yevro taklif etadi. Donnarummaning o‘zi ham tezroq boshqa jamoada harakat qilishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Donnarummaning “Milan” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Agar “Milan” uni yozda sotib yubormasa, italiyalik posbonda erkin egent sifatida klubni tark etish imkoni paydi bo‘ladi.
Sulsher Serlot bilan qiziqib qoldi
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi norvegiyalik hujumchi Aleksander Serlot bilan jiddiy qiziqib qoldi.
Ayni damda ijara asosida “Trabzonspor” sharafini himoya qilayotgan “Kristal Pelas” hujumchisi mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.
24 yoshli Norvegiyalik futbolchini turk klubi sotib olish sharti bilan ijaraga olgani bois, mavsum so‘nggida u uchun ingliz klubiga 6 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini rasman ma’lum qildi.
“Fanatic” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Trabzonspor” Serlotni sotib olishi bilan “Manchester Yunayted”ga 25 millionga sotishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Aleksander bu mavsumda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib 19 ta gol va 8 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Alonso “Atletiko” nishonida
Madridning “Atletiko” klubi “Chelsi” himoyachisi Markos Alonso bilan jiddiy qiziqib qoldi.
“DonBalon” bergan xabarlarga qaraganda, Diyego Simiyeone kelasi mavsumda chap qanot himoyasini Renan Lodiga emas, aynan Markos Alonsoga ishonib topshirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Alonso bu mavsumda APLning 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 gol va 3 ta assist yozib qo‘ydi.