Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Anchelotti: «Tanaffusdan keyin o‘yinchilar 15 kunda formaga kirishi mumkin»

Anchelotti: «Tanaffusdan keyin o‘yinchilar 15 kunda formaga kirishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti koronavirus bilan bog‘liq karantindan so‘ng futbolchilar qancha vaqtda optimal formaga kirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

«Eng muhimi, barcha jamoalar mashg‘ulotni bir vaqtda boshlashadi. Bu borada hech kimda ustunlik bo‘lmaydi. Biz qancha vaqt dam olishimizning ahamiyati yo‘q. Zamonaviy futbolchilar 15 kunda formani tiklab olishlari mumkin.

Bilaman, bu ko‘p, ammo o‘yinchi deyarli ikki oylik tanaffusdan keyin to‘laqonli o‘yin o‘tkazishi kerak. Albatta, futbolchi darhol 100 foizga tayyor bo‘lmaydi, u to‘la kuch bilan o‘ynab keta olmaydi. Barcha jamoalar jismoniy jihatdan bir xil tayyorgarlikka ega bo‘lishadi. Biz o‘yinlar orqali formaga kirib boramiz.

Albatta, musobaqalar starti oldidan barchamiz xavfsiz holatda ekanimizga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bo‘sh tribunalarda o‘ynash — eng yaxshi qaror emas, lekin xavfsizlik nuqta nazaridan bunday variantni ko‘rib chiqish mumkin», — dedi Anchelotti "L’Equipe" nashriga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:29, 03.04.2020.
O'qildi: 2079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик