Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Shoxruh Xolmatov: "Turon" jamoasi rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman"

Shoxruh Xolmatov: "Turon" jamoasi rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Hozirda «Turon» jamoasi safida to‘p surayotgan Shoxruh Xolmatov bilan intervyu uyushtirishga muvaffaq bo‘ldik.

Futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Avvalambor shu so‘rovnomada ovoz berganliklaring uchun rahmat aytaman. Ochig‘i so‘rovnomada g‘olib bo‘lishni kutmagandim. Futbolga kirib kelishim 12 yosh paytlarimga to‘g‘ri keladi. Dastlab futbol sir asrorlarini «Kimyogar» sport maktabida Vohidjon Hakimov qo‘l ostida o‘rganganman. Vohidjon aka judayam yaxshi murabbiy edi. Keyin Qo‘qonda «Lokomotiv-BFK» jamoasi tashkil etilgan edi. Bu jamoani Xayitboy Irisbekov boshqarardi. Men ham bu jamoa safida o‘ynashni boshlaganman. «Lokomotiv-BFK» safida o‘rtoqlik o‘yinida «Neftchi»ga qarshi to‘p surganmiz. O‘yinim «Neftchi» jamoasi murabbiylariga ma’qul kelgan va o‘z jamoalari safiga taklif etishgan. Shunday qilib dastlabki proffesional shartnomamni «Neftchi» bilan imzolaganman.

Oilangiz haqida gapirib bera olasizmi?

- Oilam haqida gapiradigan bo‘lsam, oilada 3 ta o‘g‘ilmiz, eng kichkinasi o‘zim. Uylanganman, bir nafar o‘g‘il farzandim bor.

«Turon» jamoasiga kelishingizga kim sababchi bo‘lgan?

- «Turon» jamoasiga kelishimga Sobir Hamidov sababchi bo‘lgan. 2018-yil «So‘g‘diyona» safida jiddiy jarohat olganman. Shundan keyin Sobir aka manga aloqaga chiqdi va «Turon» jamoasi qiziqayotganligini bildirdi. Man o‘ylanib o‘tirmasdan taklifni qabul qildim va 2019-yildan buyon shu jamoa bilan birgaman. Xudo xoxlasa «Turon» jamoasi bilan yuksak marralarni zabt etishga harakat qilamiz.

Bilamizki, siz bir nechta Superliga jamoalarida to‘p surgansiz. Shu haqida aytib bering.

- O‘ynagan jamoalarim haqida gapiradigan bo‘lsam, 2011-2014 yillari Yuriy Sarkisyan boshqaruvidagi «Neftchi» jamoasi tarkibida to‘p surganman. 2015-2017 yillari «Qo‘qon-1912», 2017-2018 yillari «Dinamo», 2018-2019 yillari «So‘g‘diyona», 2019-yildan boshlab «Turon» safida to‘p tepib kelyapman.

«Turon» jamoasida ichki muxit qanday?

«Turon» jamoasida ichki muhit a’lo darajada. Jamoada o‘z ishining mutaxassislari yig‘ilgan deb o‘ylayman. Shifokordan tortib murabbiylargacha hammasi o‘z ishining ustalari deb ayta olaman. Jamoa futbolchilari ham bir-biri bilan inoq. Bizni jamoada hech kim orqadan gapirmaydi. Chunki jamoada muhit xavas qiladigan darajada.

Siz o‘ynagan jamoalar murabbiylari ichida kimning ishini yuqori baholagan bo‘lardingiz?

- O‘zim to‘p surgan jamoalar murabbiylari ichida eng menga yoqqanlari ichida birinchi o‘rinda «Neftchi» bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan turadi. Yuriy Vazgenovich tartibli, qattiqqo‘l, yaxshi murabbiy hisoblanadi. Undan keyin hozirda «Turon» jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilovni tanlayman. Hozircha yosh murabbiyning qarashlari chakkimas. Xudo xoxlasa Islombek Ismoilov bilan ko‘p yutuqlarga erishamiz deb o‘ylayman.

«Turon» jamoasi muxlislari haqida fikringiz qanday?

- «Turon» jamoasi muxlislari haqida gapiradigan bo‘lsam, ular jamoani a’lo darajada qo‘llab-quvvatlashadi. Uyda ham, hatto mehmonda ham jamoani yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. «Turon» jamoasi muxlislariga rahmat aytaman. Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishsin. Xudo xoxlasa Superligaga yo‘llanma olish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. «Turon» jamoasi faqat muxlislar uchun maydonga chiqadi.

Siz bilan to‘p surgan o‘yinchilar ramziy terma jamoasini tuzib bersangiz.

Darvozabon: Temur Jo‘rayev
Ximoyachilar: Ruslan Melziddinov, Shukurali Po‘latov, Islom To‘xtaxo‘jayev
Yarim ximoyachilar: Orif Mamajonov, Quvondiq Ro‘ziyev, Bahodir Akramov, Shavkat Salomov, Suhrob Berdiyev
Xujumchilar: Nosir Otaqo‘ziyev, Kamoliddin Murzoyev

Shu fursatdan foydalanib, «Turon» jamoasi rahbariyatiga kattakon minnatdorchilik bildirib o‘taman. Ular jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Jamoamiz rahbarlari Olimxon aka, Qodirxon xoji akalarga ham alohida rahmatlar aytib qolaman. Xudo xoxlasa «Turon» jamoasi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad uchun harakat qiladi!

Komiljon Ikromov suhbatlashdi

Manba: Турон матбуот хизмати
Kiritildi: 09:14, 07.04.2020.
O'qildi: 2296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.