Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xayrulla Hamidovdan tabrik!

Xayrulla Hamidovdan tabrik!

Baho:
+ | -

Bugungi kun egalari ko‘p. Akinfeev – yaxshi darvozabon, Chivadze – o‘tmishning yorqin vakili. Ammo biz o‘yinchilardan, o‘yinlardan voz kechib turishga, bir klubning shonli o‘tmishiga murojaat qilishga majburmiz. Chunki bugun – 8 aprel kuni bundan 64 yil muqaddas 1956 yili Toshkentning «Paxtakor» klubiga asos solindi. Mamlakatimizning eng nomdor klubi reytingda yuqoridagi har qanday nomni bir chetga surib turadi.

«Paxtakor» 1937 yili tashkil etilgan Spartak bazasida bino topgan. 1991 yilga qadar «Paxtakor» Sobiq ittifqning turli ligalarida o‘ynagan va eng yaxshi natijasi – oliy ligada 6-o‘rin. SSSR kubogi finalchisi – 1968 yil.

Klub 1979 yili aviahalokatga uchragan, bu sana haligacha yuraklarni larzaga solib keladi.

1992 yildan boshlab O‘zbekiston chempionati vakili. Hozirda rasmiy chempion. 12 marta mamlakatimizning birinchi jamoasiga aylangan, uch marta kubok sohibi bo‘lgan. MDH chempionlar kubogida ikki bora finalga chiqqan, 2007 yili yengib olgan. OCHL turnirida ham ikki marta yarim finalchi. 2003 va 2004 yilgi mavsumlar.

O‘n sakkiz mavsumlik natijalariga qaraydigan bo‘lsak, bu borada ham «Paxtakor» rekordchi. 460ta o‘yin o‘tkazgan, 308tasi g‘alaba, 66tasida durang va 86 bora yengilgan. To‘plar nisbati – 1123-442. Bu mavsumning uch turini qo‘shmagan holda aytyapmiz.

Eng yomon natijasi 1994 yilga to‘g‘ri keladi – 8-o‘rin.

Eng yirik g‘alabasi "Qizilqum" ustidan qo‘lga kiritilgan – 11:0. 2007 yili. MXSKdan 1995 yili, "Nasaf" va "Neftchi"dan 0:4 hisobli yirik mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan.

Tarkibida eng ko‘p o‘ynagan o‘yinchisi – Murod Aliyev, 231 o‘yin. To‘purar – Igor Shkvirin, 66 gol. Mavsumda eng ko‘p golni Anvar Soliyev yo‘llagan, 2005 yili, 29ta gol.

Hozirda «Paxtakor» milliy chempionatimizda ham, OCHLdagi guruhida ham peshqadam. Osiyo chempionlar ligasida toshkentliklarga omad tilaymizki, ayni paytda qit’a bahslarida boshqa klublarimiz yo‘qligi bois, ko‘p narsa Shota Arveladze shogirdlariga bog‘liq bo‘lib qolgan. «Paxtakor» muxlislarini esa, klubning bugungi tavallud kuni bilan tabriklaymiz!

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 07:01, 08.04.2020.
O'qildi: 4646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик