Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Dzyudo bo‘yicha Toshkentda o‘tajak jahon chempionati Tokio Olimpiadasining saralashi bosqichiga kiritilishi mumkin

Dzyudo bo‘yicha Toshkentda o‘tajak jahon chempionati Tokio Olimpiadasining saralashi bosqichiga kiritilishi mumkin

Baho:
+ | -

Koronavirus inqilobi sabab butun dunyo sportidagi musobaqalar katta o‘zgarishlarga yuz tutmoqda.

Shu sabab bu yil o‘tishi rejalashtirilgan Tokio Olimpiadasi ham 1 yilga qoldirildi. Biz uchun 2021 yil dzyudo bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionatining qachon o‘tishi ko‘proq ahamiyatli. Xalqaro dzyudo federasiyasi prezidenti Marius Vizer dzyudo sportining yaqin kelajagi haqida murojaat bilan chiqar ekan, bu mavzuga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

"2021 yilgi jahon chempionati ham Tokio Olimpiadasining saralash bosqichi doirasiga kiritilishi mumkin. Ammo barchasi virus pandemiyasining butun dunyo bo‘ylab qachon yakuniga yetishiga qarab hal bo‘ladi. Shuni aniq aytishimiz mumkinki, Qatarda o‘tadigan Masters turniri kvalifikasion darajani saqlab qoladi", – dedi Marius Vizer.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasining yangi muddatini 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgust kunlariga belgiladi. Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatlari esa har yili avgust oyining so‘ngida o‘tkaziladi. Shu bois agar Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati kvalifikasion musobaqalar orasiga kiritilsa, tashkilotning yangilangan taqvimida katta ehtimolda 2021 yilning may oyigacha o‘tishini kutish mumkin. Shuningdek, dunyo birinchiligini joriy yil kuzda poytaxtimizda o‘tadigan Gran-pri musobaqasi bilan o‘rnini almashtirish varianti ham yo‘q emas. Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati g‘olibi Olimpiya va jahon reytingi uchun 2000 ochkoga ega bo‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:43, 09.04.2020.
O'qildi: 1983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.