Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Mundial yulduzlari

Mundial yulduzlari

Baho:
+ | -

Jahon chempionatlarining futbolda tutgan o‘rni beqiyos. Ushbu musobaqa har 4 yilda futbol muxlislariga yangi nomlarni kashf etishi bilan ham nom qozonganidan xabaringiz bor. Stadion.uzaynan mundiallardan so‘ng, mashhurlikka erishgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Rushtu Rajber

2002-yilda Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligidagi Turkiyaning bronza medallariga ega chiqqani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan. Barchaning e’tiborini tortgan turklar darvozasini qo‘riqlagan Rushtu Rajber qandaydir bir oyda ichida superyulduzga aylanib oladi. O‘sha musobaqada deyarli barcha zarbalarni bartarf etgani bilan yodimizda qolgan darvozabon haqida alohida to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

Turkiyalik posbon mundialga qadar faqatgina Turkiya chempionatida to‘p surgan o‘rtamiyona futbolchilardan biri bo‘lgan bo‘lsada, qit’amizda bo‘lib o‘tgan futbol bayramidan so‘ng super yulduzga aylanib ketdi. JCHdan so‘ng, “Barselona” klubiga o‘tgan qahramonimiz aytarli yutuqlarga erishmagan bo‘lsada, korononavirusni yenggan kipper hali-xamon barcha muxlislarning yodidan ko‘tarilganicha yo‘q.

Kevin-Prins Boateng

2010-yil JARda bo‘lib o‘tgan mundial Boatengning hayotini batamom o‘zgartirib yubordi desak, adashmagan bo‘lamiz. Hujumda va himoyada birdek faol o‘yin ko‘rsatgan tajavuzkor yarim himoyachi futbol olamiga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Terma jamoa safida qahramonimiz musobaqaning eng foydali futbolchisi deb topilibgina qolmay, ko‘plab super grandlar e’tiborini o‘ziga qaratishga muvaffaq bo‘ldi. JCHdan so‘ng, “Milan” jamoasiga o‘tgan Boateng bir necha mavsum yuqori darajada futbol namoyish etgan bo‘lsada, keyin futboldan zerikib qoldi shekili o‘zini bo‘sh qo‘yib yubordi…

Afrika qit’asida bo‘lib o‘tgan birinchi mundialga qadar kamtarin “Portsmunt” klubida eng kam maosh oluvchi futbolchilar sirasiga kiruvchi Prins JCHdan so‘ng, Italiyadagi eng daromadli futbolchiga aylandi.

Keyinchalik uning faoliyati ko‘plab klublarda (xatto “Barselona”da ham!) davom etgan bo‘lsada, o‘sha JCHda ko‘rsatgan o‘yinlarni qayta namoyish eta olmadi.

Park Ji Sun

2002-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon birinchiligi oldidan Park ji Sun nomini deyarli hech kim eshitmagan, xatto Janubiy Koreyalik muxlislar ham u haqida aytarli ma’lumotga ega emas edi. Gus Hidding boshchiligidagi Janubiy Koreyaning yarim finalga qadar yetib borishida katta rol o‘ynagan Park bir zumda dunyoga tanilib ketdi.

Darhaqiqat, o‘sha musobaqadan bir yil o‘tib PSV jamoasida ish boshlagan Gus Parkni o‘zi bilan Gollandiyaga super yulduz maqomida olib keladi va o‘yin amaliyotini taqdim etadi. Gollandiyadagi sovrinli mavsumlardan so‘ng futbolchi “Manchester Yunayted” klubiga o‘tib ketdi va klublar darjasidagi deyarli barcha sovringa ega chiqdi. Futbolchining taqdirini o‘zgartirib yuborgan mundial chog‘ida 21 yoshdagi yigitcha musobaqadagi omadli yurishdan so‘ng 10 yil davomida Osiyo futbolining yuzi sifatida qayd etilgani tahsinga sazovor.

Mesut O‘zil

JARda bo‘lib o‘tgan mundialga qadar “Verder” klubi futbolchisi sanalgan O‘zil mundial davomida barchani hayratda qoldirishdan charchamadi. Kelib chiqish turk bo‘lgan yigitcha nemis oav tomonidan katta bosimni osonlik bilan yengib o‘tgani tahsinga sazovor.

Mesut o‘sha musobaqada eng ko‘p hafvli vaziyat yaratgan futbolchi (18) sifatidagina emas, Germaniya terma jamoasining yetakchisi sifatida ommaga tanildi.

UYEyn Runi Germaniyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng Aleks Fergussonga qo‘ng‘iroq qilib O‘zilni tezroq sotib olishni maslahat bergan bo‘lsada, futbolchi uchun kurashda “Real Madrid” g‘olib chiqdi va germaniyalik futbolchi “qandaydir” 18 million yevro evaziga Madridga ko‘chib o‘tdi. Mesut “qirollik klubi” safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritibgina qolmay, bir necha yil davomida dunyoning eng kuchli pleymeykerlari nomini hech kimga bermadi.

Keylor Navas

Kosta-Rikalik darvozabon 2014-yilda bo‘lib o‘tgan mundialga qadar kamtarano “Levente” jamoasi darvozasini qo‘riqlagani bois, uni mashxur darvozabon edi deyishdan yiroqmiz.

Braziliyada bo‘lib o‘tgan Mundial Keylorni xalq qahramoniga aylantirdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Musobaqa davomida Navas 3 bor o‘yining eng yaxshi futbolchisi deb topilganini alohida e’tirof etish lozim. Aynan uning ishonchli o‘yinlari sabab Kosta-Rika o‘z tarixida ilk bor musobaqaning chorak finaliga qadar yetib borishga muvaffaq bo‘ladi. JCHdanso‘ng, “Levante” klubi takliflarga ko‘milib qolgan bo‘lsada, darvozabon uchun kurashda “Real Madrid” g‘olib chiqdi. Eng qizig‘i shundaki, Navas “Real Madrid”ning ikkinchi darvozaboni bo‘lishi va klub tez orada David De Xeani qo‘lga kiritishi tahmin qilingan edi.

Uyog‘iga nimalar bo‘lganidan xabaringiz bor. Navas o‘ziga ishonmagan barchaning ishonchini qozonibgina qolmay, “qaymoqranglilar” tarkibida deyarli barcha musobaqada g‘olib chiqishni uddaladi. Agarda Braziliyadagi JCH bo‘lmaganida, qahramonimiz hozirga qadar “Levente” darvozasini qo‘riqlayotgan bo‘larmidi?! “Real Madrid” jamoasi bilan katta marralarni zabt etgan darvozabon endilikda PSJ jamoasining almashtirib bo‘lmas a’zosiga aylanib bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:48, 10.04.2020.
O'qildi: 5151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.