Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Shomurodovning «Rostov», terma jamoa va hayotdagi orzusi haqida (intervyu)

Shomurodovning «Rostov», terma jamoa va hayotdagi orzusi haqida (intervyu)

Baho:
+ | -

"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining ushbu mavsumida to‘purarlar poygasida 11ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekistonlik futbolchi Sportbox.ru saytiga bergan intervyusida mavsum to‘purari bo‘lish istagi borligini ma’lum qildi.

— Xo‘sh, Eldor, futbolsiz yashash qiyinmi?
— Nimasini aytasiz? G‘alati hissiyot. Bunday bo‘lishi mumkinligini tasavvur ham qilmagan edim.

— Rostovdamisiz?
— Ha, xotinim bilan birga.

«Barchasi tez orada yakunlanadi, deb umid qilaman»

— O‘zini yakkalash rejimiga amal qilyapsizmi?
— Ha, uyda o‘tiribmiz. Faqat oziq-ovqat do‘koniga chiqyapmiz.

— Shaharda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat qanday?
— Hamma joyda bir xil bo‘lsa kerak. Faqat supermarketlar va dorixonalar ishlayapti. Odamlar faqat o‘z uylariga atrofiga chiqishyapti.

— Bu uzoq vaqt davom etarmikin?
— Umid qilaman, yo‘q. Barchasi tez orada yakunlanadi, deb umid qilaman.

— Uyda shug‘ullanyapsizmi?
— Ha, turli individual mashqlarni bajaryapman, mushaklarimga yuklama beryapman. Har birimizga dastur berishgan.

— Ortiqcha vazn to‘plashdan xavotir olmaysizmi?
— Yo‘q, vazn borasida menda muammo bo‘lmagan. Hattoki 1-2 kilo ortiqcha vazn to‘plasam, tezda undan voz kecha olaman.

— Odatdagidek taomlanyapsizmi?
— Ha.

— «Rostov»ning boshqa futbolchilari bilan aloqada bo‘lib turibsizmi?
— Albatta. Shuningdek, Valeriy Georgiyevich Karpin bilan ham. Agar nimanidir so‘rash kerak bo‘lsa, unga bemalol qo‘ng‘iroq qilishim mumkin.

«Kino ko‘ryapman, kitob o‘qiyman, musiqa tinglayapman»

— Siz PES20 futbol simulyatorini o‘ynar ekansiz. Hattoki RPL o‘yinchilari o‘rtasidagi musobaqada ham ishtirok etdingiz...
— Qiziq bo‘ldi! Hozircha u qadar yaxshi o‘ynay olmadim. Chunki men PES13 o‘ynashga ko‘nikkan edim. Orada farq bor baribir.

— FIFA ham o‘ynaysizmi?
— Ha.

— Kibersportga anchadan beri qiziqasizmi?
— Bir necha yillardan beri.

— Bo‘sh vaqtda yana nimalar bilan shug‘ullanasiz?
— Xotinim bilan kino ko‘ramiz, kinob o‘qiyman, musiqa tinglaymiz. Kunim shunday o‘tadi.

«Kulinariya — qiziqarli soha»

— Ota-onangiz O‘zbekistonda yashashadimi?
— Ha, men tug‘ilib o‘sgan Surxondaryo viloyatida.

— Ular ham karantindami?
— Albatta, boz ustiga, u yerda bunga jiddiy qarashyapti. Ular bilan doimo aloqada bo‘lib turibman, har kuni qo‘ng‘iroq qilaman.

— Oilada kim ovqat pishiradi?
— Odatda xotinim, lekin men ham ayrim narsalarni tayyorlay olaman. Nazarimda, kulinariya — qiziqarli soha.

— Palov pishira olasizmi?
— Hozircha o‘rganyapman. Oddiy ko‘ringani bilan bu oson ish emas.

— Qanday taom pishira olasiz?
— Oxirgi marta dimlama pishirdim. Xotinimning aytishicha, yomon chiqmadi.

«Rostov» — katta oila»

— Odatiy kunlarda "Rostov" a’zolari norasmiy muhitda yig‘iladimi? Masalan, restoranda yoki tabiat qo‘ynida?
— Jamoadagi muhit a’lo darajada. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, o‘yinchilar va xodimlar — barchamiz bir oilamiz. Butun jamoa bo‘lib yig‘ilib turamiz. Masalan, kimnidir tug‘ilgan kuni yoki boshqa bayram bo‘lsa.

— Rostov qisqichbaqalarini tatib ko‘rdingizmi?
— Albatta.

— Yoqdimi?
— Juda ham. Ayniqsa, yaxshi do‘stlar davrasida. Qayerda ekanining ahamiyat yo‘q — Don qirg‘og‘idami yoki restoranda.

— Eldor, «Rostov»da eng quvnoq yigit kim?
— Nazarimda, Xoren Bayramyan. Uning mahzun bo‘lganini hech qachon ko‘rmaganman. Pozitiv yigit!

«Ota bo‘lishni va farzandlarni tarbiyalashni orzu qilaman»

— Futbolga qaytamiz. Tasavvur qilamiz, karantin bekor qilindi. Yana kerakli formaga kirib olish uchun qancha vaqt talab etiladi?
— O‘ylashimcha, taxminan bir oy.

— Ushbu mavsumda o‘z oldingizga qanday vazifalarni qo‘ymoqdasiz?
— «Rostov» jadvalda imkon qadar yuqoriroq o‘rinni egallashi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Shaxsiy maqsad borasida esa — Rossiya chempionati to‘purari bo‘lishni istayman. Buning uchun menda imkoniyat bor.

— Ya’ni, Dzyubani quvib o‘tishingizga ishonasiz?
— Albatta.

— Darvoqe, nima uchun penalti tepmayapsiz? Shunda gollaringiz ko‘proq bo‘lishi mumkin edi...
— «Rostov»da tajribalik futbolchilar bor, ular tepishyapti.

— O‘zbekiston terma jamoasi bilan qanday natijalarga erishmoqchisiz?
— Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni orzu qilaman. Keyinchalik esa terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lmoqchiman (Shomurodov terma jamoada 20ta gol urgan. Eng yaxshi to‘purar Geynrix hisobida 32ta gol mavjud — stadion.uz izohi).

— Qaysi hujumchilarga o‘xshashni istaysiz?
— Hech kimga. O‘zimga o‘xshashni istayman. Agar qaysi hujumchilarning o‘yini menga yoqishini so‘rasangiz, u holda Drogba va Fernando Torresni tilga olishim mumkin.

— O‘tmishdagi qaysi o‘zbek futbolchisini ta’kidlay olasiz?
— Mirjalol Qosimov. U bizning faxrimiz.

— Ushbu mavsumdagi sizning yorqin o‘yiningiz?
— Nazarimda, «Spartak»ga qarshi safardagi o‘yin. Unda biz 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edik (Shomurodov bu o‘yinda gol urmagan, bitta golga uzatma bergan)

— Faoliyatingizdagi eng chiroyli gol?
— O‘zbekiston chempionati doirasida «Nasaf»ga urgan golim. O‘shanda «Bunyodkor» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

— Siz uchun hayotda eng namunali inson kim?
— Otam. Agar u bo‘lmaganida men hozirgidek bo‘lmagan bo‘lardim. Mening tarbiyamda u muhim o‘rin tutgan.

— Sevimli faslingiz?
— Menga bahor yoqadi.

— Bahor Rossiya va O‘zbekistonda turlichami?
— Agar Rostov bilan taqqoslasam, deyarli bir xil.

— Nimani orzu qilasiz?
— Futboldagi orzumni aytib o‘tdik — jahon chempionatida o‘ynash. Oilaviy masalada esa ota bo‘lish va farzandlarni tarbiyalash.

Manba: sportbox.ru
Kiritildi: 08:28, 12.04.2020.
O'qildi: 3603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.