Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shota Arveladze o‘zbek futbolida nimalarga erishdi?

Shota Arveladze o‘zbek futbolida nimalarga erishdi?

Baho:
+ | -

Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi safida ajoyib mavumlarni o‘tkazgan hujumchi mana ikki yildan beri O‘zbekistonda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Qahramonimiz “Paxtakor”da faqat sovrinlarni qo‘lga kiritish uchungina emas, o‘zbek futbolining rivoji uchun harakat qilmoqda. Murabbiyning aytishicha, u o‘zbek futbolning potensiali naqadar yuqori ekanligini isbotlash uchun harakat qilmoqda.

“Paxtakor” o‘yin uslubi haqida
“Biz Bobur Shodiyev bilan birgalikda birinchi kundan boshlab nima qilmoqchi ekanliginimizni chuqur anglab ishga kirishganmiz. Biz o‘zbek futbolchilarining salohiyatini oshirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

Oldimizda jamoani bir o‘yin uslubidan boshqasiga o‘tkazish vazifasi turgan edi. Buning uchun bizga Portugaliya va ispaniyalik murabbiylar yordamidan foydalandik. Shu o‘rinda, menga mahaliy murabbiylarning bergan yordamini ham alohida qayd edib o‘tishim joiz. Bugungi o‘yin falsafamizning asoschisi men va Piter Uistr sanaladi.

Men va komandam Toshkentga yetib kelganida, “Paxtakor” katta muammolar girdobida qolgan edi. Jamoa ichki birinchilikda 11-pog‘onada borayotgan, kubokbahslaridan chiqib ketgan edi. Bundan tashqari, klubning menejmentida ham kamchiliklar mavjud edi. Ilk mavsumimda ichki birinchilikning 16 ta uchrashuvining 14tasida g‘alaba qozondik. Shu sababli musobaqani 3-o‘rin bilan yakunlashga majbur bo‘ldik.

OCHLda nima yetishmadi?

“Ba’zan biz o‘yin davomida 70 foiz to‘p bilan muomalada bo‘lyapmiz. Hatto OCHL uchrashuvlarida ham. Biz Osiyo klublariga qarshi shunday uchrashuvlar o‘tkazdiki, muxlislar hayratda qolishganini yashirib o‘tirishmadi.
O‘tgan mavsumda biz mavsum davomida 115 ta gol kiritdik va trebl qayd etdik. Tan olishim lozim,o‘tgan mavsumda biz OCHLdagi eng murakkab guruhdan joy oldik. Eron yetakchisi “Persepolis”, musobaqa finalchisi “As-Sadd” va Saudiya Arabistoni yetakchisi “Al-Ahli” bilan kurash olib bordik. Afsuski, “o‘lim guruhi”dan omon chiqishimizga biroz omad yetishmadi.

Bu mavsumda klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etgan “Al-Hilol”, “Shabab al-Ahli” jamoalari bilan to‘qnash kelishimiz kerak edi. Musobaqaning ikkita turida g‘alaba qozongach, “Al-Hilol” bilan to‘qnash kelishimiz kerak edi, biroq virus sababli bu o‘yinimiz qoldirildi”.

Terma jamoaga futbolchi tayyorlab berish haqida

“Paxtakor” futbolchilarining 7 nafari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida qit’a chempionligini qo‘lga kiritishida katta rol o‘ynaganini alohida qayd etib o‘tish lozim.

Terma jamoada yigitlarimning 10 nafari to‘p surmoqda. Bundan tashqari, yana ikkita darvozabonimiz ham terma jamoadan chaqiruv olishmoqda. Shuningdek, akademiyamizdagi bir nechta yosh yigitlar sekin-asta asosiy tarkibga qo‘shilib bormoqda. Quvonarlisi shundaki, akademiyamizdagi yosh futbolchilar ham tobora yetilib borishmoqda.

Biz bugun bor e’tiborimizni yangi uslubga moslashishga qaratganmiz. Bu mamlakatda iqtidorli futbolchilar yetarlicha topiladi. Ularda Osiyodagi barcha tan olgan Odil Ahmedov, Server Jeparov singari futbolchilar to‘p surgan”.

Manba: The-AFC.com
Kiritildi: 01:29, 13.04.2020.
O'qildi: 3458 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.