Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Giggz 2003 yili "Inter"ga o‘tishi mumkinmidi?

Giggz 2003 yili "Inter"ga o‘tishi mumkinmidi?

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz 2003 yili u jamoani tark etishga yaqin kelganligini xotirladi.

"Har bir futbolchiga yangi chaqiruv kerak deb hisoblamayman. Menda har mavsumda chempionlik va YECHL g‘olibligi uchun kurashish imkoniyat yetarli edi. Shuning uchun menga doim yangi chaqiruvlar bo‘lgan.

2003 yilning yozida Bekxem "Real"ga ketdi, meni esa "Inter"ga o‘tayotganligim haqida mish-mishlar yangray boshladi. Biroq, men bu haqda hech narsa eshitmagandim. Oldingi mavsumda men unchalik yaxshi o‘yin namoyish eta olmagandim, ammo keyinchalik hammasi joyiga tushdi. Aynan mavsum oxirida oramizdan kimdir jamoani tark etadi degan xabarlar paydo bo‘ldi. Ehtimol, o‘sha paytda ketishga men yaqin kelgandirman. Lekin men hech qachon "MYU"ni tark etishni xohlamaganman, - Giggzning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Giggz "Manchester Yunayted" tarkibida 1990 yildan 2014 yilgacha to‘p surdi. U "mankunianlar" safida 13 marta Angliya chempioni va ikki marta YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:57, 14.04.2020.
O'qildi: 3387 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.