Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

Nima uchun Ronaldu «MYU» sardorlik bog‘ichini taqmagani ma’lum bo‘ldi

Nima uchun Ronaldu «MYU» sardorlik bog‘ichini taqmagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubining afsonaviy sardori Garri Nevill jamoa haqidagi ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi.

"Men sardor etib tayinlanganimdan keyin bir yil o‘tib jarohat oldim. Menga juda og‘ir bo‘lgandi. Endi jamoaga yordam bera olmasam kerak, deb o‘ylay boshlagandim. Bizda ajoyib futbolchilar bor edi: Ronaldu, Runi, Teves, Giggz, Skoulz, Karrik, Ferdinand, Vidich, Evra, van der Sar... Mavsumoldi tayyorgarlik paytida ser Aleksning oldiga keldim va dedim: "Men o‘zimni sardorlikka munosib deya his qilmayapman. Jamoadoshlarim bilan raqobatlasha olmayapman".

Bunga javoban esa murabbiy: "Bolajonim, ushbu bog‘ich senda qoladi! Giggz bilan birgalikda navbatma-navbat uni taqasizlar. Agar uni Runiga bersam, Ronalduning "tomi ketib qoladi". Agar uni Krish olsa, Ueyn "jinni bo‘p qoladi". Agar Vidich sardor bo‘lsa, bu Ferdinandga yoqmaydi", degan edi.

Jamoa ichidagi muhit buzilmasligi uchun so‘nggi 4 yilda Rayan bilan birga sardorlik qilganmiz. Biz "ded" bo‘lganmiz. O‘zimni sardorlikka munosib deya hisoblamasam ham Fergyuson menga o‘zimga bo‘lgan ishonchni berardi", - dedi Nevill.

Nevill futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin sardorlik bog‘ichi Nemanya Vidichga o‘tdi. Keyin esa navbati bilan Ueyn Runi, Maykl Karrik, Antonio Valensiya va Eshli Yang sardorlik vazifasini bajarishdi. Hozir "MYU" sardori Xarri Maguayr hisoblanadi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 07:30, 17.04.2020.
O'qildi: 7811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.