Angliyaning «Brayton» klubi agar chempionat qayta tiklanadigan bo‘lsa, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchu g‘aroyib narsa o‘ylab topdi.
Gap shundaki, klub bosh direktori Pol Barberning so‘zlariga qaraganda, agar mavsum qayta tiklanib, o‘yinlar muxlislarsiz bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, u holda muxlislarning hayqiriqlari yozilgan audioyozuvni stadion karnaylari orqali yangratish variantini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda The Telegraph.
Bundan tashqari, milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga koronavirusga qarshi ko‘rsatgan qahramonliklari uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida stadionning bo‘sh trubinalariga ulkan bannerlarni ilishmoqchi.