Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Jasurbek Umrzoqov: «To‘p bilan ishlanadigan mashg‘ulotlarda akalarim yordam beryapti»

Jasurbek Umrzoqov: «To‘p bilan ishlanadigan mashg‘ulotlarda akalarim yordam beryapti»

Baho:
+ | -

Viktor Karpenko murabbiyligidagi «Bunyodkor» o‘rinbosarlari darvozaboni Jasurbek Umrzoqovning karantinni qanday o‘tkazayotgani haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Karantinda bo‘lsakda kunimni beunum o‘tmasligi uchun harakat qilyapman. Jumladan, ertalab tongda 4-5 kilometr kross yuguryapman. Tanani uyg‘otish uchun yengil mashqlarni bajaryapman. Tushdan so‘ng jismoniy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratyapman. Qolaversa, kun davomida uy ishlarida oila a’zolarimga qarashyapman. Hovlimizda gulzor bor. Shu gulzorning parvarish ishlari bilan bandman. Shuningdek, kitob o‘qib, hordiq chiqaryapman. Qisqasi, karantin bo‘lsa-da, kunimni bekor o‘tmasligini uchun harakatdaman.

Albatta, mashg‘ulotlar rejasini jamoamizning darvozabonlar murabbiyi Marat aka Galimov bilan birgalikda tuzib chiqqanmiz. O‘ylashimcha, uy sharoitida mashg‘ulot o‘tkazib, jismoniy holatni bir maromda ushlab tursa bo‘ladi. Har holda kunlik mashg‘ulotlardan keyin o‘zimni yaxshi his qilyapman. Aytgancha, to‘p bilan ishlash borasida ham muammoga duch kelayotganim yo‘q. Akalarim o‘z vaqtida futbol o‘ynagan. To‘p bilan ishlanadigan mashg‘ulotlarda akalarim yordam beryapti", — dedi darvozabon.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 10:52, 26.04.2020.
O'qildi: 2679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик