Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Paxtakor" stadionida o‘tkazilgan tarixiy bellashuvlar: chempionlik o‘yinlari, Yevrokuboklar va boshqalar

"Paxtakor" stadionida o‘tkazilgan tarixiy bellashuvlar: chempionlik o‘yinlari, Yevrokuboklar va boshqalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" stadioni o‘zida qabul qilgan turli xalqaro o‘yinlar bo‘yicha nafaqat Osiyo, balki jahonda ham mashhur.

"Paxtakor" stadioni 1954-1956 yillar oralig‘ida Toshkent markazida hashar yo‘li bilan qurilgan. 1956 yil 11 avgust kuni anhor yoqasida qad ko‘targan sport majmuasi foydalanishga topshirilgan va unga respublikamizning yetakchi jamoasi kabi "Paxtakor" deb nom berilgan. Stadion o‘z bag‘riga 50 mingdan ziyod tomoshabinni to‘plab, tug‘ilgan kunini nishonlagan.

Yangi stadionda birinchi uchrashuv 1956 yilning 20 avgustida bo‘lib o‘tgan. 35 ming muxlis toshkentlik futbolchilarning tbilisilik raqiblari bilan bahsini miriqib kuzatgan. 19 sentyabrda esa "Paxtakor" markaziy arenasi dastlabki xalqaro uchrashuvga mezbonlik qilgan. Paxtakorchilar Albaniya poytaxti Tirananing "Dinamo" jamoasi bilan kuch sinashib, zafar quchishgan.

"Paxtakor" stadionida SSSR terma jamoasi ishtirokida, SSSR chempionati chempionligi uchun "oltin" o‘yinlar, Yevrokuboklarning chorak final bahslari o‘tkazilgan.

1964 yil, "Dinamo" Tbilisi - "Torpedo" - 4:1
Chempionlik uchun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Tbilisining "Dinamo" jamoasi o‘z tarixida birinchi bor oltin medallarga ega chiqqan. 4:1 hisobidagi tarixiy muvaffaqiyatga 50 yil to‘lishi munosabati bilan gruziyaliklar 2014 yil Toshkentga yana bir bor tashrif buyurishgandi.

1967 yil, "Torpedo" - "Spartak" Trnava - 3:0
Kubok egalari Kubogi nimchorak finalida "Torpedo" Slovakiyaning "Spartak" klubini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

1968 yil, "Torpedo" - "Kardiff Siti" - 1:0
Bu safar moskvaliklar chorak finalda Uelsning mashhur jamoasi ustidan kichik hisobda zafar quchishgan. Jon Toshak mehmonlar tarkibida harakat qilgan.

1970 yil, "Dinamo" Moskva - SSKA - 3:4
Moskvaning "Dinamo" va SSKA jamoalari esa ketma-ket ikki kun maydonga tushishgan. Dastlabki o‘yinda hisob ochilmagani sababli ikkinchi bellashuv o‘tkazilgan. Unda SSKA 4:3 hisobida zafar quchgan. "Paxtakor" safida uzoq yillar o‘ynagan darvozabon Yuriy Pshenichnikov o‘zi uchun qadrdon stadionda SSKA bilan chempionga aylangan.

1972 yil, "Dinamo" Moskva - "Srvena Zvezda" - 1:1
Kubok egalari Kubogida chorak final javob o‘yinidi o‘zi uchun kerakli durangga erishgan "Dinamo" o‘sha yili finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda "Glazgo Reynjers"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Shuningdek, "Paxtakor" stadionida SSSR terma jamoasi, Urugvayning "Nasional", Gollandiyaning "Vitess" jamoalari o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan. Osiyo va jahon chempionatlari saralash bahslari, Osiyo Chempionlar ligasida ko‘plab bellashuvlar o‘tkazilgan.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:12, 26.04.2020.
O'qildi: 3321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.