Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Lyoris Joze Mourinyo bilan birga ishlash qanday ekanligi haqida fikr bildirdi.
"U ajoyib. Uning xarizmasi bor. OAV unga nisbatan noxolis munosabatda bo‘lishi mumkin, lekin u bilan har kuni muloqot qilib bu - baxt. U bir nechta ajoyib klublarni boshqargan. U juda tajribali va ko‘plab sovrinlar sohibi. Har bir futbolchining undan o‘rganadigan narsalari bor", - Lyorisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.