Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Sportchilar tomonidan Sardoba fojeasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Sportchilar tomonidan Sardoba fojeasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqimiz boshiga jiddiy sinovlar tushayotgan shu kunlarda O‘zbekiston aholisi bir yoqadan bosh chiqargan holda bu musibatlarga qarshi birlashmoqda.

Bir necha kun oldin Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat ham jafokash xalqimizni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Bu fojea O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar va xodimlarini befarq qoldirgani yo‘q.

Shu munosabat bilan, 2 may kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, sportchilar va trenerlar Sardoba fojeasida jabr ko‘rgan oilalarga yordam aksiyasini boshlashdi.

Ular tomonidan to‘plangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Sahovat karvoni” kechaning o‘zida Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik ko‘magi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi (Futbol mahorati maktabi) yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuasiya qilingan yurtdoshlarimizga yetkazib berildi.

Shuningdek, bu yerga joylashtirilgan fojeadan jabr chekkan yurtdoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.

Bugun, 3 may kuni ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligining "Sahovat" aksiyasi doirasida Toshkent shahrida yig‘ilgan ro‘zg‘or buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, maktab o‘quvchilari uchun badiiy kitoblar ham o‘quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan ikkinchi “Sahovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga jo‘natildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 13:54, 03.05.2020.
O'qildi: 3689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик