Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Ketma! "Real"da Ronaldo, Raul va Moryentes bor. Sen o‘ynamaysan!"

"Ketma! "Real"da Ronaldo, Raul va Moryentes bor. Sen o‘ynamaysan!"

Baho:
+ | -

"Liverpul" va "Nyukasl"ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen 2004 yilda "Real"ga o‘tganini esladi. Angliyalikning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul"da o‘sha paytdagi jamoadoshi Jeymi Karrager uni Madridga o‘tishdan qaytarishga uringan.

"Men "Liverpul"dan ketish haqida o‘yladim. Biz AQSHda tayyorgarlik ko‘rayotgandik va bir agent menga qo‘ng‘iroq qildi. Men Karrager bilan mehmonxonada edim, u suhbatni payqadi. Men uxlab yotganimda u yonimga keldi va: “Ketma. U yerda Moryentes, Ronaldo va Raul bor, sen o‘ynamaysan", dedi. Ammo men "Liverpul"da ko‘p yillar o‘ynadim va agar kerak bo‘lsa, qaytib kelaman", deb o‘yladim va ketdim.

Men "galaktikos", xayoliy stadion, boshqa madaniyat haqida o‘yladim... Ammo shunday bo‘ladiki, siz biron bir narsani qilsangiz, orqaga yo‘l yo‘qligini tushunasiz. Men aeroportga qanday qilib ko‘z yoshlarim bilan kelganimni va hatto orqaga qaytish haqida ham o‘ylaganimni eslayman”, — dedi Ouen.

Ouen 2004/05 yilgi mavsumni "Real"da o‘tkazgan, shundan so‘ng u "Nyukasl"ga o‘tgandi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:22, 04.05.2020.
O'qildi: 8716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик