Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Ander Errera: «Mbappe 2025 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin»

Ander Errera: «Mbappe 2025 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin»

Baho:
+ | -

«PSJ» yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi Kilian Mbappeni darajasini yuqori baholadi.

«Mashg‘ulotlarda Mbappe bilan taqqoslasak, biz yosh bolaga o‘xshab qolamiz. Tezlik borasida u barchani ortda qoldiradi. Go‘yoki u Useyn Bolt, biz esa yosh bolalar.

Futbolda tezkor o‘yinchilar ko‘p, ammo o‘yin paytida Kilian to‘xtashga, mo‘ljal olishga va aniq zarba berishga ulguradi.

O‘ylashimcha, 2025 yilda u «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘ladi, hattoki uni qo‘lga kiritsa ham kerak», — dedi Errera "ESPN"ga bergan intervyusida.

2019/20 yilgi mavsumda Mbappe parijliklar safida 33ta o‘yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 17ta golga uzatma berdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 12:57, 09.05.2020.
O'qildi: 2968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик