Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Sardor Rashidov nima uchun Portugaliyadan yana Qatarga qaytganiga oydinlik kiritdi (intervyu)

Sardor Rashidov nima uchun Portugaliyadan yana Qatarga qaytganiga oydinlik kiritdi (intervyu)

Baho:
+ | -

Stadion.uz karantin chog‘ida Sardor Rashidov bilan intervyu tashkil etdi.

Qatarning “Qatar SK” jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

- Bugungi kunda Qatar chempionati bilan O‘zbekiston Super ligasini taqqoslash mumkinmi? Qaysi jabhalarda ortda qolyapmiz?

- O‘ylashimcha, farq katta emas. Shunday bo‘lsada, Qatarda barcha narsa professional tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Maydonning chimi, o‘yinlarning translyasiyasi Yevropa darajasida, biroq Qatarda muxlislar barcha uchrashuvlarga ham kelavermaydi.

- Korona-tanaffusning yuzaga kelishi futbol rejimingizni buzilib ketishiga sabab bo‘lmadimi?        

- Yuzaga kelgan korona-tanaffus nafaqat futbolga, balki butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Sport formamga keladigan bo‘lsam, barchasi o‘z o‘rnida. Bugungi kunda bir kun mashq qilsak, ikki kun dam olyapmiz. Sport formam a’lo darajada.

- Terma jamoadan yana chaqiruv olishingizni muxlislaringiz kutmoqda. Vadim Abramov terma jamoaga murabbiy bo‘lgach, siz bilan aloqaga chiqdimi?        

- Vadim Karlenovich men bilan aloqaga chiqdi. Mart oyidagi uchrashuvlarda maydonga tushish kerak edi. Afsuski, koronavirus sababli barchasi barbod bo‘ldi.        

- Portugaliya chempionatidagi omadli debyutdan so‘ng, nima uchun Yevropadagi faoliyatingizni davom ettirmadingiz?        

- To‘g‘risi, Portugaliyada qolishim mumkin edi, biroq u yerdagi viza bilan yuzaga kelgan muammolar sababli oilamni tashlab ketishimga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik, viza bilan muammolar o‘zimda ham paydo bo‘lgach, Qatarga yo‘l oldim. Tan olishim lozim, Qatar men uchun har taraflama qulay shartnoma taklif etdi. Ayni damda, oilam bilan Qatardaman. Bundan tashqari, bugungi kunda bu yerda JCHga tayyorgarlik avjida. Barcha sharoitlar insonning havasini keltiradi. To‘g‘risi, bu yerda to‘p surishdan zavqlanaman.       

Qatar chempionatida anchadan beri to‘p surib kelyapsiz. Aytingchi, legioner bo‘lish uchun qaysi omillar juda muhim?        

- Birinchi navbatda jamoadoshlaringizdan ajralib turishingiz lozim. Jismonan, texnik va xatto taktik tomondan ham bir bosh baland bo‘lish talab etiladi. Agar siz klubning yetakchisiga aylansangiz, muxlislar sizga mehr qo‘yishlari mumkin. Boshqachasiga iloji yo‘q.        

- Karyerangiz davomida ko‘plab kuchli murabbiylar qo‘l ostida to‘p surgansiz. Xalqaro tajribangiz ham yetarlicha. Aytingchi, Ektor Kuperga O‘zbekistonda nima yetishmadi?        

- To‘g‘risi, bu haqida biror nima deyish mushkul. Unga nima kamlik qilganini faqat uning o‘zi aytishi mumkin.        

- Kuchli futbolchi bo‘lish uchun iqtidorli bo‘lishdan tashqari, yana qanday xislat egasi bo‘lish kerak?

- Zamonaviy futbolda faqat iqtidorning o‘zi kamlik qiladi. Avvallari iqtidorli bolalar kuchli futbolchi bo‘lib yetishgan, biroq endilikda barchasi o‘zgardi. Bugungi kunda yosh futbolchilardan talab qilinayotgan eng muhim jihat jismoniy yetuklik. Agar, jismoniy tomondam futbolchi o‘z ustida ishlamasa, faqat iqtidor bilan uzoqqa borish qiyin.

- So‘nggi yillarda O‘zbekiston terma jamoasining ruhiy holati barchani xavotirga solib kelmoqda. Doimo bir qadam qolganda qoqilyapmiz. Nima deb o‘ylaysiz, terma jamoamizga kuchli ruhshunos yordami kerakmi? Futbolchilarning ruhiy holatini bir meyorda ushlab turish uchun?!       

-  Hech qanday ruhshunosga hojat yo‘q. Jamoa Abramov qo‘l ostiga o‘tgach, barchasi joyiga tushdi. Nasib qilsa, oldimizga qo‘ygan maqsadga bu safar erishamiz. Endi jamoamiz avvalgidan yaxshiroq to‘p surishiga iymonim komil.

         

So‘nggi savol. O‘zbek futbolidagi barcha zamonlardagi eng kuchli futbolchi?

       

-  So‘zsiz Mirjalol Qosimov. Mirjalol aka futbolimizning tirik afsonasi. U nafaqat kuchli futbolchi, balki mahoratli murabbiy ham sanaladi.

 

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:59, 09.05.2020.
O'qildi: 11166 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.