"Valensiya"ning argentinalik himoyachisi Esekyel Garay va uning turmush o‘rtog‘i Tamara Gorro koronavirus sababli ikki oydan keyin o‘z farzandlari bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘lishdi.
Bu ota-ona koronavirusga chalinganligi sababli, o‘z farzandlari bilan ko‘risha olmayotgan edi. Ular sog‘ayganidan keyin ham o‘z farzandlari bilan diydor ko‘rishish keyinroqqa qoldirilgandi, chunki, farzandlari boshqa shaharda edilar, Ispaniya esa shaharlararo qatnovlar bekor qilingandi.
"Va nihoyat! Ikki oydan so‘ng biz yana farzandlarimiz bilan birgamiz. Ushbu video juda ham qadrli hisoblanadi, shuning uchun uni internetga joylashga qaror qildim. Hissiyotlarimni aytib berish uchun so‘z topa olmayapman. Bolamni qachon bag‘rimga bosishimni bilmasligim sababli qo‘rqdim", - deb post qoldirdi futbolchining turmush o‘rtog‘i o‘zining "Instagram"dagi sahifasida.