Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Xayrulla Hamidov maqolasi: "El Loko"

Xayrulla Hamidov maqolasi: "El Loko"

Baho:
+ | -

Bu kun dunyoning bugungi kundagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri braziliyalik Marselo tug‘ilgan kun. 1988 yili tug‘ilgan, demakki, 32ni qoralab qo‘ydi. Otasi o‘t o‘chiruvchi bo‘lgan, onasi o‘qituvchi. Futzalda boshlagan to‘p bilan o‘ynashni. Sal katta bo‘lib, katta futbolga o‘tgach, majburlikdan futbolni tashlashiga to‘g‘ri keldi. Fluminense bilan uyi o‘rtasidagi yo‘lga pul topilmagan. Qashshoqqina oila a’zosi edi, nachora. Bu hodisadan xabar topgan Fluminense rahbarlari shu harajatni o‘z zimmasiga oladi va Marselo yana qatnay boshlaydi. Jahon futboli kimdan ayrilib qolardi, tasavvur qilyapsizmi?

Birinchi maoshini – 100 braziliya realni bobosiga olib kelib bergan.

Maradona braziliyalik himoyachini o‘zi ko‘rgan himoyachilar ichidagi eng zo‘ri deb ta’riflagan. Krishtianu esa, hazil aralash “Diyego Pepe bilan videoo‘yinlarni o‘ynamaganda, bu fikridan qaytardi” degan. Aslida Ronaldu va Marselo Realdagi eng yaqin do‘stlar. Golli vaziyatlarda ham seziladi. Hatto Krish jamoani tark etgach, braziliyalik vingerning o‘yini orqaga ketgani, nimadir yetishmayotganini aytganidan ham bilsa bo‘ladi. Yuventus ijrosidagi o‘yinlarni kuzatsak, Turinga ham Marselo kerakdek. Marselo Madridga Gonsalo Iguain bilan bir kunda kelgan. O‘zining aytishicha, oxirgi o‘ynaydigan klubi Botafago bo‘ladi. Klubning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Yaqin qoldi shekilli ketishi.

Realdagi laqabi “El Loko”, ma’nosi quturgan. Telba desa ham bo‘ladi. O‘yinidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Hayotda juda quvnoqligi hammaga ma’lum. Ko‘pgina ekspertlarning tadqiqotiga ko‘ra, Marselo so‘nggi yigirma yillikning eng texnikasi kuchli laterali. Ayniqsa, pressingdan chiqishda uning harakatlari benazirdir. Marseloning harakatlarini ko‘pchilik Roberto Karlosga o‘xshash deyishadiyu, aslida zamonaviy futbolda qahramonimizning harakatlari ustundek seziladi. Karlos zarbasi bilan ko‘p aybini yopib yuborgan bo‘lsa, Marselo raqib tomoniga borib kutilmagan kombinasiyalar uyushtirishi bilan himoyadagi xatolarini unuttiradi. Shu tomoni juda o‘xshash. Ammo xatolar borasida Roberto Karlosda ko‘proq kuzatilgan.

Marseloning shu darajaga chiqishiga braziliyalik vatandoshi sababchi. Karlos Marseloni yangi mamlakatga ko‘nikishi uchun ko‘p xizmat qilgan.

Shuningdek, shu qanotga qaytargan Mourinyoning ham yordamini esdan chiqarmasligimiz kerak. 2010/11 yilgi mavsum ishonchni yuz foizga oqlagan Marselo keyinchalik bu joyni o‘ziniki qilib oldi. Aynan o‘sha mavsum Ronaldu va Messidan keyingi eng kuchli futbolchi Marselo degandi Maradona.

Ana shu ajoyib lateryal hozirda eski formasida emas. Ammo Zidanning uch marta qatorasiga YECHL kubogini qo‘lga kiritayotgan davrida eng barqaror o‘yinchi ko‘p ehtimol Marselo edi. Munosib faoliyat, munosib natijalar...

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 08:44, 12.05.2020.
O'qildi: 3799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.