«PSJ» klubi rahbariyati futbolchilarga Fransiya chempionatining ushbu mavsumidagi chempionlik uchun sovg‘a hozirladi. Jamoa har bir o‘yinchiga ayfon telefoni uchun maxsus g‘ilof tayyorlatdi.
Ushbu g‘ilof 24 karat oltin bilan qoplangan bo‘lib, unda futbolchining familiyasi, futbolkasining raqami hamda "Liga 1 chempioni" degan yozuv tushirilgan. Quyidagi suratlarni "varaqlash" orqali bir nechta futbolchining sovg‘asini ko‘rishingiz mumkin.