Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

“Buxoro”: Biznikilar

“Buxoro”: Biznikilar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizda biz sizlarga “Buxoro” futbolchilari haqida ko‘proq ma’lumotlar berib borishga harakat qilamiz.

Lipartia Jaba,  1987-yil 16-noyabr kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini mahalliy “Metallurg” klubida boshlaydi va tez orada poytaxtning boshqa jamoasi bo‘lmish “VIT Jorjiya” klubiga o‘tib, ushbu jamoa bilan 2008-yil Gruziya chempionati kumush medali va 2009-yil Gruziya chempioni nomiga sazovor boʻladi.

So‘ngi uch mavsum davomida u yevropa musobaqalarida qatnashadi: Chempionlar Ligasi saralashida 2 ta o‘yin va Yevropa Ligasi saralashida  5 ta o‘yin.  2009-yil Ektor Kuper qo‘l ostida bo‘lgan Gruziya milliy terma jamoasida ilk uchrashuvini o‘tqazadi. O‘sha payt Kaxa Kaladze Gruziya terma jamoasi sardori bo‘lgan. 2011-2017 yillar Ukrainaning “Zarya” jamoasi safida jami 145 uchrashuvda maydonga tushadi. 2016-yil Yevropa Ligasi 2-tur uchrashuvi doirasida Joze Mourinyoning “Manchester Yunayted”iga qarshi bahsda Jaba Lipartia 76-daqiqada maydonga tushirilgan. O‘sha o‘yinda Zlatan Ibragimovichning yagona goli  “Qizil iblislar”ga g‘alaba keltirgan.

2017-2018 yil mavsum Rossiyaningi “Anji” klubi safida olti uchrashuvda to‘p surgan Jaba o‘zaro kelishuv asosida ushbu jamoa bilan shartnomani bekor qilishgan. Jaba Lipartia o‘tgan mavsum 2-davra oldidan jamoamiz safiga qo‘shilib hozirga qadar to‘p surmoqda.

Jaba Lipartianing uch nafar o‘g‘il farzandi bor va u oilasi bilan Ukrainada istiqomat qiladi. Bolalari ham futbol bilan qiziqishadi va shug‘ullanishadi.

Kiritildi: 09:40, 15.05.2020.
O'qildi: 2869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик