«Bavariya» himoyachisi Yozua Kimmix «Borussiya» darvozasiga urgan goliga izoh berib o‘tdi. U to‘pni darvozabon Roman Byurki ustidan parashyut uslubida tashlab qo‘ydi.
«O‘yindan oldin bizga Byurki tez-tez darvoza chizig‘ini tashlab chiqishini aytishgan edi. Bu faoliyatimdagi eng zo‘r gol bo‘ldi. Yana u muhim ahamiyatga ega bo‘ldi!» — dedi Kimmix «Bavariya» matbuot xizmatiga bergen intervyusida.