Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Germaniyaning yangi oltin bolasi

Germaniyaning yangi oltin bolasi

Baho:
+ | -

​​1992 yilning shu kuni Germaniya futbolining yangi “oltin bolasi” Mario Getse dunyoga kelgan. Oldingi oltin bola Oliver Birxoff edi. Yevro-96 finalini bir o‘zi hal qilgan o‘sha hujumchi. Getse ham nisbatan Oliverning izidan ketdi. Finaldagi birgina harakati bilan nemislar qalbiga muhrlandi.

Aslida Mario o‘ta qobiliyatli sanalgan. Maydonda haqiqiy o‘nlik. Yoshligidanoq umid uyg‘otgani bor gap. Hatto bir paytlar Frans Bekkenbauyer uni Messiga solishtirib: “ba’zi masalalarda undan ham o‘tadi” degan. Futbol Kayzeri aytadi: “Undan yaxshisini topish mushkul. U himoyachilar ichidan xuddi ko‘rinmas odamdek o‘tib ketadi”.

Fransning gaplari o‘z asosini topgandek. Messiga bag‘ishlangan 2014 yilgi mundial finalida yagona gol aynan Marioga nasib etdi. Zaxiradan maydonga tushgan Getse birgina imkoniyatidan shu qadar chiroyli foydalandiki, o‘yindan so‘ng barchaning nigohi faqat unga qaratilgan edi.

Faoliyatining keyingi qismidagi cho‘kishlar menimcha o‘sha oltin golga bog‘liq. Mario Ronaldu va Messi erasida ularga nasib qilmagan cho‘qqiga chiqib, bu rohat ta’mini tatib ko‘rgani boisidan klublarida o‘ynamasa ham bo‘laveradi, deb hisobladi. Getsega balki mos ham tushaverar. Axir, u nevaralariga so‘ylab beradigan ajoyib hikoya mavjud va uni bu bobodan boshqa hech kim so‘ylab bera olmaydi.

Yana bir ma’lumot: qahramonimiz Gollivud filmlarining jinnisi. Asosan oxiri kutilmagan natija bilan tugaydigan filmlarning. Di Kaprio muxlisi, “La’natlanganlar oroli” filmini suyadi. Futbol taqdirini qarangki, naqadar o‘xshash. Hamma ko‘rguliklarni o‘ylab topgan o‘zi bo‘lib chiqadi oxirida.

Xayrulla Hamidov

Kiritildi: 15:36, 03.06.2020.
O'qildi: 7273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.