Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 19:00 Dinamo 0-0 Metallurg
29/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
29/03 19:15 Qizilqum - Lokomotiv

Grandlar, ehtiyot bo‘ling!

Grandlar, ehtiyot bo‘ling!

Baho:
+ | -

Stadion.uz yozda grand jamoalar  aloqaga chiqishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rishi zarur bo‘lgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi. Ular nomdor ijrochi bo‘lishi mumkin, biroq ayni damda bu transferlar o‘zini oqlamasligining ehtimoli juda yuqori.

Rahim Sterling
Transfer qiymati: 160 million yevro

Zamonaviy vingerlar orasida Jeydon Sancho eng bozori chaqqonlardan biri bo‘lib turgani rost. Shunday bo‘lsada, “Real” nishonida Rahim Sterling turibdi. Shunga qaramay, “qirollik klubi” Sterlingni sotib olishi uchun yaxshilab o‘ylab ko‘rishi lozim. To‘g‘ri, Rahim Gvardiolaning mukammal taktik sxemasiga juda yaxshi moslasha oldi, biroq u “Siti” yetakchisi emas. Hatto Angliya terma jamoasida ham u asosiy futbolchi emas. Agar Gvardiola, yoki Angliya terma jamoasi uchun noqulay raqib maydonga tushsa, biz Sterlingning jasoratini ko‘rmaganmiz hisob. U chinakam bir uslub futbolchisi. Uning transferi uchun 100 million yevro to‘lash orqali, Madrid klubi o‘rtachadan sal balandroq darajadagi vingerni qo‘lga kiritishi mumkin holos. Sterling “Real”ning yangi yetakchisi bo‘lishiga ishonish juda mushkul.

Filippe Koutinyo
Transfer qiymati: 90 million yevro

Rahimdan farqli o‘laroq, braziliyalik yarim himoyachi 4 ta chempionatda o‘z kuchini sinab ko‘rishga ulgurdi. Natija qanday ekanligini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Chaqqon, tehnikasi kuchli Koutino “Bavariya”ni hayron qoldirishni uddalay olmagan bo‘lsa, “Barselona” uchun chinakam keraksiz futbolchiga aylanib qoldi. Myunxen klubi Sanening transferi uchun ham Koutinyodan voz kechdi. Bartameo tomonidan sotib olingan futbolchi uchun sarson-sargardon kunlar boshlanishi hech gap emas. Gap shundaki, ayni damda uning transfer qiymati juda baland. Boz ustiga, “Barselona”dagi ishonchsiz mavsum sababli uni hech kim o‘z safiga qo‘shib olishni istamayapti. Bunday o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, Koutinyo “Liverpul”dan boshqa jamoalarda yuqori darajadagi futbol namoyish etmagan. Bu omil Yurgen Klopp bilan bog‘liq ekanligi haqidagi fikr tobora haqiqatga o‘xshab bormoqda. Agar Koutinyo ham kuchli murabbiy va o‘yin uslubi sababli 150 millionga baholangan bo‘lsa, demak endi uni birorta grand sotib olmasligi lozim.

Ngolo Kante
Transfer qiymati: 90 million yevro

Bugungi kunda Ngoloni yomon ko‘ruvchi muxlis bo‘lmasa kerak. Mehnatkash va jismonan baquvvat futbolchi “Chelsi” uchun muhim figuralardan biri bo‘lib turibdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Shunday bo‘lsada, uni ikkinchi Makalele deyishga shoshilmang. Ngolo maydonda kuchli futbolchi bo‘lishiga qaramay, uning ruhiy holati bugungi kunda ko‘ngildagidek emas. Bundan ikki yil avval ukasining o‘limini boshidan o‘tkazgan futbolchi yaqindagina shamollab qolganidan xabaringiz bor. Kante COVID-19ga topshirgan testi salbiy chiqqaniga qaramay, mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda. U yaqindagina katta yo‘qotishni boshidan o‘tkazgani bois, o‘limdan juda qo‘rqib qolganini yashirib o‘tirmayapti. Bilasizmi, Kante kuchli futbolchi, biroq u Makalele singari “Real”ni kuchaytira oladigan darajada ruhiy holatda emas. Hatto Kante “Yuventus”ning o‘yinini ham yangi darajaga olib chiqishi katta gumon ostida. Shu sababli ham PSJ uning o‘rniga Jorjinyoni maydon markaziga sotib olishni istamoqda. Umuman olganda, Ngolo tug‘ma jangchi emas. Shunchaki, u chinakam mehnatkash futbolchi. Grandlarni yangi darajaga ko‘tarish uchun bu omilning o‘zi kamlik qilishi turgan gap.

Usmon Dembele
Transfer qiymati: 85 million yevro

Aslida, Usman Dortmund shahrini ham katta janjal bilan tark etgan edi. Ana o‘shandayoq nemis nashrlari uning kataloniyada ham mash-mashalar o‘chog‘iga aylanishini taxmin qilishgan edi. Afsuski, Bartameo istaganidek Usmon ikkinchi Neymar bo‘la olmadi. Mashg‘ulotlarga kech qoluvchi, rejimlar bilan ishi yo‘q yosh futbolchining mashg‘ulotlarga kech kelishi haqidagi gap-so‘zlar allaqachon o‘zini oqlab bo‘ldi. Mahaliy nashrlarining ma’lum qilishicha, Messi va Suaresni Dembele g‘azabini qo‘zg‘atish borasida benazir. Gap shundaki, yosh fransuz futbolni maydonda emas, virtual holatdagisiga ko‘proq vaqt ajratadi. Achinarlisi shundaki, mayda detallar yig‘ilib transfer qiymatining keskin tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Hatto Desham ham yaqin 3 yil mobaynida Usmondan umid qilmasligi aniq. Terma jamoada iqtidorli yoshlar tobora ko‘payib bormoqda. Shunday ekan, Dembelening faoliyati endi o‘nglanishiga ishonish mushkul. Buning uchun undan kuchli iroda talab etiladi. Jarohatlar borasida allaqachon mutaxassisga aylanib ulgurgan Dembelening birorta grand jamoa bilan omadli mavsumlar o‘tkazishiga ishonish juda va juda mushkul.

Emerik Lyaport
Transfer qiymati: 50 million yevro

Agar “Barselona” Emerikni Pike bilan tandemda harakat qilishini istayotgan bo‘lsa, natija kutilganidek bo‘lmasligi aniq. Uning “Manchester Siti”dagi ishonchli o‘yini ortida Gvardiolaning mehnatlari yotibdi. Tan olish lozim, Lyaport Virjil Van Deyk darajasiga chiqa olganicha yo‘q. Vaholanki, o‘z vaqtida “Siti” “Liverpul” Vijrilga to‘lagan pulni Emerik uchun sarf etgan edi. Natija esa, bir hil bo‘lgani yo‘q. Endilikda, Lyaport hatto Fransiya terma jamoasidagi o‘rnini ham qaytarib olamaydi. Desham allaqachon munosib alternativ variantlarni tanlab olgan. “Barsa” uchun Lyaport Gvardiola “tashlab ketgan” o‘yin uslubining davomchisi sifatida ko‘ringani bilan, unda katta naf chiqarish mushkul. Sababi, Lyaport o‘zining "pik" darajasini ko‘rsatib bo‘ldi. Endi u bundan ortig‘ini namoyish eta olmaydi. Shu sababli, hatto PSJ ham uni o‘z transfer shortlistidan o‘chirib tashladi. Bunday pallada, “Barselona” o‘z tarixidagi yana bir omadsiz transferni amalga oshirishi mumkin. Yana kim biladi deysiz?!

Pol Pogba
Transfer qiymati: 100 million yevro


“Yuventus” Pogba ketgach, “sochilib” ketgani yo‘q. “Manchester Yunayted” esa, Pol bilan avvalgi darajasiga chiqa olmadi. U ham Koutinyo singari juda qimmat, biroq keraksiz mashinaga o‘xshaydi. Uning jamoada bo‘lishi statusni oshirishi mumkin, biroq bundan klublar maydonda katta naf chiqarishlari mushkul. Boz ustiga, uning Mino Rayola bilan hamkorlikda ish olib borishi vaziyatni yanada chigallashtiradi.   Yarim himoyachi “Yuventus”da ham, “Real”da ham “to‘ntarish”ni amalga oshirishiga hech kim ishonmay qo‘ydi. E’tiborlisi shundaki, “qizil iblislar” Bruno Fernandeshni sotib olgach, yetakchiga ega bo‘lishdi. Endilikda, ular uchun Pogba birinchi raqamli futbolchi emasdek tuyulmoqda.   “Real”da Kroos va Kazimiro o‘z o‘rnini bo‘shatish niyatida emas. “Yuventus”ga o‘tish uchun o‘z moashini qisqartirilishiga rozi bo‘lish talab etiladi. Umuman olganda, Pogba yozda qaysidir grand jamoa uchun yetishmay turgan detal bo‘lishi mushkul.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:06, 06.06.2020.
O'qildi: 12265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.