Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shuhrat Muhammadiyev: «Yana maydonga qaytganimdan xursandman»

Shuhrat Muhammadiyev: «Yana maydonga qaytganimdan xursandman»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» himoyachisi o‘tgan yil «Nasaf» bilan kechgan bahsda og‘ir jarohat olib maydonni tark etgandi.

Kecha o‘tkazilgan «Lokomotiv» — AGMK o‘rtoqlik uchrashuvida Shuhrat Muhammadiyev bir yildan ziyod tanaffusdan so‘ng maydonga qaytish bilan birga o‘zi uchun yangi chap qanot himoyasida to‘p tepdi. Klubimiz matbuot xizmatiga bergan intervyusida Muhammadiyev dastlabki taassurotlar haqida to‘xtaldi.

— Bir yildan sal ko‘proq vaqt o‘tib yana maydonga qaytdingiz.
— Futbol o‘ynashim o‘zim kutgandan ham cho‘zilib ketdi. Lekin asosiysi yana yashil maydonga qaytdim va bundan juda xursandman. Kecha AGMK bilan o‘rtoqlik uchrashuvida bir bo‘lim harakat qildim. To‘g‘risi, ancha payt o‘ynamaganim uchun hayajon sezildi.

— Bu o‘yinda bosh murabbiy sizni chap qanot himoyasida sinab ko‘rdi.
— Ha, shunday. Endi bu chiziqqa ko‘nikmaganim uchun ba’zi vaziyatlarda pozision xato qildim. Lekin baribir futbolchi murabbiy aytgan joyda o‘ynab o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Mashg‘ulotlarda ham chap qanot himoyasida sinab ko‘rishyapti. Tez orada o‘ynab ketaman deb umid qilaman.

— Jarohatdan qutilib safga qaytish ancha cho‘zilib ketgandek?
— O‘tgan yil may oyida jarohat olgan bo‘lsam, kuzga borib maydonga qaytishimni aytishgandi. Biroq ikki bor operasiya stoliga yotishga majbur bo‘ldim. Birinchi operasiyam yaxshi o‘tmagan ekan, ikkinchi bor yana operasiya qildirishga to‘g‘ri keldi.

— Rasmiy o‘yinlarda ham chap qanotda o‘ynashga to‘g‘ri kelsa bu siz uchun qiyin bo‘ladimi?
— Albatta, oson bo‘lmaydi. Chunki bungacha to‘rt yil «Mash’al»da va yana to‘rt yil «Nasaf»da faqat o‘ng qanot himoyasida to‘p tepganman. «Lokomotiv»ga kelganimdan beri ham o‘ng qanotda o‘ynab kelayotgandim. Lekin baribir bosh murabbiyimiz ko‘rsatmasiga amal qilishim kerak. Chunki maydonda futbolchi o‘ynaydigan joyni murabbiy belgilab beradi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:08, 08.06.2020.
O'qildi: 4027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.