Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Akmal Shorahmedov: "Hozir kim qanday holatda ekanligi borasida aniq tasavvur yo‘q"

Akmal Shorahmedov: "Hozir kim qanday holatda ekanligi borasida aniq tasavvur yo‘q"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga restartiga taraddud ko‘rgan AGMK bugun ertalab Navoiyga yetib keldi va kunning ikkinchi yarmida uchrashuvdan oldingi so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yakunladi. Jamoa sardori Akmal Shorahmedovning "Qizilqum" bilan o‘yin oldidan qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida futbolchiga yuzlandik.

"Karantin davri barcha jamoalarning holatini bir darajaga tushirdi. Endilikda o‘yinlar orqali jamoalar o‘z sport formalarini tiklab olishlari mumkin. Ertaga bizni oson bo‘lmagan bahs kutmoqda. Chunki "Qizilqum"da murabbiy almashdi va odatda yangi murabbiy qo‘l ostida futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishga ikki hissa kuch bilan harakat qilishadi. Hozir kim qanday holatda ekanligi haqida aniq tasavvur yo‘q. Barchasini o‘yin ko‘rsatadi. Maqsadimiz o‘zgarmaydi. Faqat va faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga chiqamiz. Muxlislarsiz futbolning asl bezagi yo‘qoladi. Lekin hozirgi sharoitda teleekran orqali ham futbol ko‘rishni sog‘inganlar va buni istovchilar nihoyatda ko‘p. Shu bois hozircha shu sharoitda bo‘lsada ishqibozlar futbolni tomosha qilishga mushtoq. Umid qilamizki, tez orada vaziyat yanada o‘nglanib, muxlislar ham stadionga qaytishadi va bizni qo‘llab-quvvatlab turishadi. Har qanday futbolchi uchun muxlislar olqishi va qo‘llab-quvvatlovi muhim. Garchi bizda stadionlar to‘lib toshmagan bo‘lsada, stadionda futbol muhitini yaratishda muxlislarimiz faollik ko‘rsatishgan. Ularning yo‘qligi albatta seziladi, lekin biz muxlislar uyda yaxshi sifatdagi futbol tomosha qilishlari uchun harakat qilamiz", - deya o‘yinoldi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi jamoa sardori Akmal Shorahmedov.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 23:26, 12.06.2020.
O'qildi: 1900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик