Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Qo‘qon-1912"ning maqsadlari jiddiy. Klub endi Superligada qolish uchun kurashmaydi

"Qo‘qon-1912"ning maqsadlari jiddiy. Klub endi Superligada qolish uchun kurashmaydi

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar futbolchisi Quvondiq Ro‘ziyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Karantindan keyingi futbol ko‘pchilik uchun qiziq kechmoqda. Kutilmagan natijalari bilan hammani ajablantirmoqda. "Paxtakor"ning mag‘lubiyati, Qarshidagi ajoyib o‘yin, Toshkentdagi kutilmagan uchrashuv. Menimcha, 4- va 5-tur jamoalarni o‘ziga kelib olishi uchun yetarli bo‘ladi. Undan keyin klublarning o‘yiniga baho bersak bo‘ladi.

To‘g‘ri, kecha ikki xil bo‘limlar guvohiga aylandik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi va vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Tanaffusda Baxtiyor aka agar yuqori o‘rinlar uchun kurashishni xohlasak, bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytdi. Murabbiyning gaplari bizga qattiq ta’sir qildi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘z omadimizni oldinda sinab ko‘rdik va ko‘zlagan natijaga erishdik.

Murabbiy shuni ham ta’kidalab o‘tgandiki, 1ta gol hammasini o‘zgartirib yuboradi degandi. Ko‘rdingiz, 1ta goldan keyin raqib himoyasida parokandalik yuzaga keldi.

Bu yil jamoamiz har yilgidan ko‘ra kuchliroq tarkibga ega. Ashurmatov kuchli futbolchilardan iborat yaxshi jamoa tuza oldi. Maqsadimiz kuchli 5likdan o‘rin olish. "Qo‘qon-1912" endi Superligada qolish uchun kurashmaydi", -deydi futbolchi saytimiz uchun bergan intervyusida.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:43, 20.06.2020.
O'qildi: 4064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.