Italiyaning «Riosseze» klubi futbolchisi Arianna Varone yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Italiya futbol federasiyasi xabar tarqatdi.
21 yoshli Varone skuterda ketayotib yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. YTH Milan shahriga yaqin hududda ro‘y berdi.
Varone ilgari «Milan» va «Inter» klublarida ham o‘ynagan.