«Liverpul» Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Kristal Pelas»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari joriy mavsumda o‘tkazilgan barcha musobaqalardagi 50 ta uchrashuvda 100 ta gol urdi. Qayd etish joiz, «qizillar» ushbu natijani ketma-ket uchinchi mavsum takrorlamoqda.
Premyer Liga klublari orasida ushbu mavsum faqatgina «Manchester Siti» mersisayd klubidan ko‘proq to‘p kirita olgan — 47 ta o‘yin, 118 ta gol (barcha musobaqalarda).
31-turdagi g‘alabadan keyin «Liverpul» ochkolari soni 86 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti»da hisobida 63 ochko bor.