Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Nikolas APLda?!

 

Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko yozda Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Buhaqida Metro nashrima’lumqilmoqda. Manba tarqatgan axborotga ko‘ra, argentinalik futbolchi bilan “Lester” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

PSJ uni ilib ketmoqchi

 

Parijning PSJ jamoasi “Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Tangay Ndombele bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Afsuski, ayni damda fransuzlar Ndombele uchun “shporlar” talab qilayotgan 60 million funt sterlingni to‘lasha qodir emas. Shu sababli, klub yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ndombele bir nechta Italiya grandlari e’tibor markazida turibdi.

Xartdan o‘zagacha yurish

 

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi sobiq darvozaboni Jo Xart faoliyatini Shotlandiyada davom etishini istamoqda.

Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, kipper Glazgoning “Seltik” jamoasi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Jo bir necha kundan so‘ng, erkin agent maqomida istagan jamoasi bilan shartnoma tuzishga huquqiga ega bo‘ladi.

Tevez ortga qaytishi mumkin

 

Argentina nashrlarining ma’lum qilishicha, “Boka Xuniors” jamoasi hujumchisi Karlos Tevez kelasi mavsumda yana APLda ko‘rinish berishi mumkin.

Hujumchi ayni damda “Vest Hem” klubidan kelib tushgan taklif borasida bosh qotirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, “bolg‘achilar” Tevezga yarim yillik shartnoma taklif etgan.

Hozir futbolchining maoshi borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Milik trendda!

Neapol shahrining “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milik o‘z faoliyatini APLda davom ettiradigan ko‘rinadi.

“Tuttomercao”ning ma’lum qilishicha. Hujumchi “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” jamoalari radariga tushib qolgan.

Transfermarket portali polyakni 32 million yevroga baholagan bo‘lsada, “Napoli” uni 40 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

“Liverpul” kelajakni ko‘zlamoqda

 

Angliyaning “Liverpul” klubi “Xoffenxaym” jamoasining yosh va iqtidorli yarim himoyachisi – Melkam Frayendorfni sotib olmoqchi.

“Kicker” nashrining ma’lum qilishicha, “Liverpul” jamoasi skautlari bir necha bor 16 yoshli o‘pirinning o‘yini tomosha qilish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurgan. Melkamning yozda nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, “mersisaydliklar” uni qo‘lga kiritish ilinjida harakatni boshlab yuborishgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Liverpul” jamoasida katta transferlar uchun mablag‘ yo‘qligi bois, klub iqtidorli futbolchilarni jalb etishga urg‘u bermoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:11, 29.06.2020.
O'qildi: 11944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.