Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Andrey Fyodorov: «Marat Bikmayev navbatdagi o‘yinga tayyor bo‘ladi»

Andrey Fyodorov: «Marat Bikmayev navbatdagi o‘yinga tayyor bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 7-turi doirasida «Qizilqum» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– «Lokomotiv»ning barcha muxlislarini uzoq kutilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Ketma-ket uch marta mag‘lub bo‘lganimizdan keyin haftalik sikl ishlab chiqdik. Mashg‘ulotlar davomida jamoaning o‘yini kuchayganligi ham sezilayotgandi. Futbolchilarning ham jismoniy tomonlama, ham kayfiyati yaxshilandi. Umuman olganda ko‘plab faktorlar ijobiy tomonga o‘zgardi. Bizga faqatgina gollar bosim berishi mumkin edi. O‘sha yutqazgan o‘yinlarimizda urilmagan vaziyatlarni qo‘rquv bilan emas, balki, futbolchilarning o‘zlariga bo‘layotgan ishonchsizligiga bog‘lasam bo‘ladi. Balki bugun ham ayrim vaziyatlarda shunday holatlar yuzaga kelgandir. Futbolchilarga raqib jarima maydonchasi ichida maksimum ishlash kerakligini aytgandim. Birinchi bo‘limda ham shogirdlarim bir necha vaziyatlarni golga aylantira olmagan paytda menda yana o‘sha hissiyotlar paydo bo‘la boshlagandi. Raqiblar bir bora to‘sinimizni poylaganida ham futbolchilar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. Goldan keyin esa biroz xotirjam o‘ynashni boshladik, yelkadan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Mag‘lubiyatlar futbolchilarning harakatlariga, ayniqsa, to‘p bilan harakat qilishda biroz ishonch baxsh qildi. Jamoa himoyada tartibli harakat qildi. Shu sababli bugungi natijani adolatli deb ayta olaman. O‘tgan o‘yinlardan keyin qo‘lni ko‘tarib taslim bo‘lmasdan, ishlashda davom etib, jangda g‘alabaga erishgani uchun futbolchilarga rahmat aytib qolaman.

– Avazbek O‘lmasaliyevning o‘yinini qanday baholaysiz?

– Bugun u yaxshi o‘ynadi. Menimcha u bugungidan ham yaxshi o‘ynay oladi, ayniqsa, taktik tomonlama tartibli harakat qilmoqda. U bilan bu borada hali gaplashib olamiz. Avaz talab qilingan o‘yinni bizga ko‘rsata oldi deya olaman.

– Birinchi bo‘limda gol urish qiyin bo‘lyapti.

– Yo‘q, unchalik emas. Bizda vaziyatlar bo‘lmoqda. Faqatgina futbolchilarda ishonch aspekti yetishmayapti. Birinchi golga qadar ham hisobni ochib olish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgandik. Goldan keyin esa futbolchilarga erkinlik berdim. Chunki oldingi o‘yinlardan ko‘ra bu bahsda bosim kamroq bo‘ldi.

– Marat Bikmayevning holati haqida nima deya olasiz?

– U navbatdagi o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:17, 02.07.2020.
O'qildi: 2398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик