Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

«Bosh maqsad – Superligaga qaytish». «Dinamo» bosh direktorining fikri bo‘yicha klub bayonoti

«Bosh maqsad – Superligaga qaytish». «Dinamo» bosh direktorining fikri bo‘yicha klub bayonoti

Baho:
+ | -

Pro-liga 1-turi doirasidagi Farg‘onada o‘tgan «Neftchi» - «Dinamo» (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida «Dinamo» klubi bosh direktori Uchqun Qobilov tomonidan bildirilgan fikrlar ayrim futbol saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinganligi sababli jamoa rahbarining fikri borasida klub tushuntirish berishni lozim topdi.

Xususan, 3 iyul kungi Farg‘onadagi o‘yindan keyingi matbuot anjumani championat.asia saytida yoritilar ekan, «Uchqun Qobilov: “Dinamo” kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qilishi kerak» sarlavhasi ostida klub direktorining fikrlari bayon qilingan. Jumladan, o‘yindan keyin Uchqun Qobilov fikridan iqtibos keltiramiz:

«Oldinda yana 13ta tur bor. Kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qilishimiz kerak. Samarqandga Superliga havosini qaytarishga harakat qilamiz», - deyilgan.

Klub direktorining «Dinamo» kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qilishi kerak», deya bildirgan fikri sayt foydalanuvchilari va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilingan. Aslida Pro liganing yangi formati bo‘yicha klub direktorining fikrlari asosli. Sababi Pro-liga yangi formatiga ko‘ra, klublar Superliga yo‘llanmasi uchun kurashishi uchun eng avvalo Pro liganing dastlabki bosqichida kuchli to‘rtlikdan joy olishlari talab etiladi.

Zero, O‘zPFL rejasiga ko‘ra Pro liga klublari 2020 yilgi mavsumda 28 turdan iborat to‘rt davra o‘yinlarida ishtirok etishi kerak edi. Pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffus hamda jamoalarning moddiy holatidan kelib chiqib, musobaqa formati o‘zgaradi.

Endi Pro liganing sakkkiz klubi avvaliga 14 turdan iborat uy-safar tizimida kuch sinashadi. Keyinchalik kuchli to‘rtlikka kirgan o‘rin egalari alohida va quyi to‘rt o‘rin egalari alohida yana ikki davra — jami 6 ta o‘yinda ishtirok etadi. Shunda Pro liganing barcha klubi mavsum yakuniga qadar umumiy 20 ta tur uchrashuvida qatnashadi. Bunda jamoalar jamg‘argan ochkolar saqlanib qoladi. Sir emaski, Pro liga g‘olibi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Liganing ikkinchi jamoasi o‘tish o‘yinida Superliganing 13-klubini o‘z uyida qabul qiladi.

Shunday ekan, «Dinamo» jamoasi eng avvalo Pro liga dastlabki bosqichda kuchli to‘rt jamoa orasidan joy olib, hal qiluvchi bosqichda o‘z oldiga qo‘yilgan bosh maqsad - Superliga yo‘llanmasi uchun kurashishda davom etadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:48, 05.07.2020.
O'qildi: 2769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.