Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-0 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

La liga. «Barselona» «sariq suvosti kemasi»ni cho‘ktirdi

La liga. «Barselona» «sariq suvosti kemasi»ni cho‘ktirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida "Barselona" klubi jadvalda 5-o‘rinni egallab turgan "Vilyarreal" mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mehmonlar 3-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Alba chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, darvoza oldidagi Grizmannga uzatma berdi. Ammo himoyachi Pau Torres  to‘pni o‘z darvozasiga burib yubordi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida esa "Vilyarreal" yaxshi hujum tashkil qildi. Santi Kasorlaning zarbasidan keyin Ter Shtegen to‘pni qaytardi. Jerar Moreno esa 7-8 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 6 daqiqa o‘tib Messining uzatmasidan keyin Luis Suares 17 metrlardan aylanma zarba bilan darvozani zabt etdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqada esa Leo to‘pni tovoni bilan Grizmannga qoldirdi. Antuan 16 metrlardan "parashyut" zarba berib, supergol muallifiga aylandi — 1:3.

"Barselona" ikkinchi bo‘limni ancha xotirjam o‘tkazdi. Shunga qaramay, kataloniyaliklar bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. "Vilyarreal" posboni Asenxo ikkinchi taymda ancha ishonchli harakat qildi. "Barsa"ning chiroyli kombinasiyasidan keyin Messi tomonidan urilgan gol esa VAR yordamida bekor qilindi (ofsayd).

Ikkinchi bo‘limning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida Ansu Fati individual mahorati evaziga "Barsa"ning to‘rtinchi golini "sariq suvosti kemasi" darvozasiga joyladi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Messi tomonidan yo‘llangan jarima zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Breytueyt bosh bilan zarba berdi. Asenxo urib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Barselona" ketma-ket ikkita durangdan keyin yirik hisobda g‘alaba qozonib, "Real" bilan 4 ochkolik farqni saqlab qoldi. Jamoa keyingi turni 8 iyul kuni o‘z maydonida "Espanyol"ga qarshi o‘tkazadi.

Ispaniya La ligasi, 34-tur
Vilyarreal – Barselona 1:4 (1:3)
Gollar: 0:1 – 3, avtogol Pau Torres, 1:1 – 14 Jerar Moreno, 1:2 – 20 Suares, 1:3 – 45 Grizmann, 1:4 – 86 Fati.
Vilyarreal – Asenxo, Alberto Moreno, Albiol, Mario Gaspar, Pau Torres, Kasorla (Trigeros, 56), Iborra (Soriano, 46), Zambo-Angissa, Chukvueze, Pako Alkaser (Bakka, 36; Ninyo, 70), Jerar Moreno (Moyses Gomes, 46).
Barselona – ter Stegen, Semedu (Rakitich, 60), Pike (Arauxo, 82), Langle, Serdji Roberto, Vidal, Buskets (Breytueyt, 73), Alba, Messi, Grizmann (Fati, 72), Suares (Puch, 60).
Ogohlantirish: Pau Torres (17).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:58, 06.07.2020.
O'qildi: 6179 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик