Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Xayrulla Hamidovdan anons: «Emereyts»da haqiqiy jang...

Xayrulla Hamidovdan anons: «Emereyts»da haqiqiy jang...

Baho:
+ | -

“Arsenal” “Vulvz”ni mahv etib, endi “Lester”ni qabul qiladi. YECHL yo‘llanmasidan umidini uzgan, biroq YEL ishtirokchisi bo‘lish uchun kurashadi hali. Har holda oxirgi natijalar asos bera oladi.

Arteta yigitlari restertdan so‘ng yaxshi qaytishmadi: “ManSiti”ga boy berilgan o‘yin (0:3) va “Brayton”dan yengilgach (1:2), “Sautgempton”ni (2:0), “Norvich”ni (4:0) va “Vulvz”ni (2:0) mag‘lubiyatga uchratdi.

“Arsenal”ga muammo bo‘ladigan narsa faqatgina “Lester”ning maqsadlari. Rodjers shogirdlarining orzulari ulkanroq, albatta. Klub karantindan so‘ng muxlislarini ranjitmoqda - “Uotford” va “Brayton” bilan durang, kubokda “Chelsi”dan qaqshatqich zarba va “Everton”dan fiasko (1:2) “tulkilar”ning uchinchi o‘rnini ancha qimirlatib qo‘ydi.

Ko‘ryapsizmi, jamoalarning holati bugungi jang jiddiy bo‘lishini taqozo etadi.

Yana bu o‘yin agar bu bahsda jamoalar o‘zlariga kerakli natijani qayd etishmasa, keyingi o‘yinlarida jiddiy sinovlarga duch kelishi bilan-da muhim.

“Arsenal”ni “Tottenxem” safari, so‘ng “Liverpul” bilan o‘yin, oxirida “ManSiti” bilan kubok yarimfinalidagi uchrashuv kutib turibdi. Hozir hal qilib olmasa, keyingi o‘yinlariga ta’sir qilishi turgan gap.

“Lester” oxirgi turlarda “Tottenxem” va “MYU” bilan saflanishini hisobga olsak, uning uchun ham muhim pallalar yetib keldi.

Menimcha, “Emereyts”dagi bugungi o‘yin yil bahsiga aylanib ketishi mumkin.

“Bo‘rilar”ga yem bo‘lmay omonlik topgan “to‘pchilar” “tulkilar” ayyorligi oldida qanday usul qo‘llasharkan, ko‘ramiz.

Futbol TV kanali orqali 00:15da “APL jangi”ga yo‘l olamiz. Birgalikda...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 12:02, 07.07.2020.
O'qildi: 5417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик