Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

La liga. «Barselona» Kataloniya derbisida qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

La liga. «Barselona» Kataloniya derbisida qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida "Barselona" klubi o‘z uyida "Espanyol"ni qabul qilib, oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Setyen shogirdlari, 3 kun avval "Vilyarreal"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan farqli ravishda, bu safar u qadar yorqin o‘yin namoyish eta olishmadi. Shu bois, birinchi bo‘limda "ko‘k-anorranglilar"ning pozision hujumlaridan ko‘ra "Espanyol"ning qarshi hujumlari ancha xavfli bo‘ldi. Ayniqsa, taym so‘ngida Didakning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegdi.

Ikkinchi bo‘lim esa kutilmagan voqealar bilan boshlandi. Taym boshida Ansu Fati maydonga tushdiyu, oradan 4 daqiqa o‘tib ehtiyotsiz harakat oqibatida maydonni tark etdi. Hakam videotakror yordamida 17 yoshli futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib esa mehmonlar yarim himoyachisi Pol Losanoga hakam dastlab sariq kartochka ko‘rsatdi. Vaziyatni takroran ko‘rgach esa "sariq"ni "qizil"ga aylantirdi.

56-daqiqaga kelib hisob ochildi. Mezbonlar raqib jarima maydoni ichida chiroyli hujum tashkil qilishdi. Grizmann to‘pni tovoni bilan Messiga qoldirdi, Leoning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni esa Suares darvozaga joylab qo‘ydi.

Bitta to‘p farqi qaltis hisob ekanini bilgan holda "Barselona" kam sonli bo‘lsa-da hujumlar uyushtirib turdi. Leo Messi tomonidan yo‘llangan kuchli zarbani Diyego Lopes qiyinchilik bilan qaytardi.

Bahs so‘ngida esa "Espanyol" mezbon jamoa muxlislarini xavotirda ushlab turdi, ammo mag‘lubiyatdan qutulib keta olmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 76taga yetkazib oldi. 77 ochko jamg‘argan "Real" o‘z o‘yinini 10 iyul kuni "Alaves"ga qarshi o‘tkazadi.

"Espanyol" esa La ligani tark etib, Segundaga yo‘l oldi.

Ispaniya La ligasi, 35-tur
Barselona – Espanyol 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 56 Suares.
Barselona – ter Shtegen, Alba, Langle, Semedu (Fati, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich (Arauxo, 90), Pike, Suares (Breytueyt, 82), Grizmann (Vidal, 71), Messi.
Espanyol – Diyego Lopes, Didak Vila, Viktor Gomes, Kalero (Darder, 66), David Lopes, Embarba (Kampusano, 74), Losano, Kabrera, Roka (U Ley, 86), Espinosa, de Tomas.
Ogohlantirishlar: de Tomas (45), David Lopes (90).
Chetlatishlar: Fati (50), Losano (53).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:12, 09.07.2020.
O'qildi: 9449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.