Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

La liga. «Real»ning chempionligiga 2 qadam qoldi

La liga. «Real»ning chempionligiga 2 qadam qoldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Alaves" bahsning 4-daqiqasidayoq hisobni ochishga juda yaqin keldi. Mendes chap qanotdan yetkazgan Peres bosh bilan zarba berdi. To‘p esa to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga mehmonlar futbolchisi bosh bilan yana zarba berdi. Bu safar Varan chiziq ustida jamoasini goldan qutqardi.

Bahsning 11-daqiqasida "Alaves" darvozasi tomon penalti belgiladi. Navarro o‘z jarima maydoni ichida Mendiga nisbatan ehtiyotsiz harakat qildi va raqibini yiqitdi. 11 metrli jarima zarbasini Benzema aniq amalga oshirdi. Jamoa penaltichisi Serxio Ramos bugungi o‘yinni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yubordi.

Tanaffusga qadar mehmonlar 2ta golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Birinchisida Kurtua ajoyib namoyish etgan bo‘lsa, ikkinchi holatda "Alaves" futbolchisi qulay vaziyatdan aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari madridliklar uchun omadli keldi. Rodrigoning chiroyli uzatmasidan keyin Benzema darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, yanada qulayroq vaziyatdagi Asensioga pas berdi. Marko darvozaning bo‘sh qolgan qismini osongina ishg‘ol qildi.

O‘yin  oxiriga qadar jamoalarda golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, ammo darvozabonlar ancha ishonchli harakat qilishgani uchun hisob boshqa o‘zgarmadi.

Mazkur g‘alaba tufayli "Real" o‘z ochkolarini 80taga yetkazib, mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganida "Barselona"dan 4 ochko oldinda bormoqda. Yana 2ta g‘alaba Zidan jamoasini La liga chempioniga aylantiradi.

Ispaniya chempionati, 35-tur
"REAL" - "ALAVES" - 2:0 (1:0)
Gollar: Karim Benzema (11-penalti), Marko Asensio (50)
Real Madrid – Kurtua, Varan, Militao, Mendi, Vaskes, Kroos, Modrich (Valverde, 70), Asensio (Vinisius Junior, 70), Kazemiro (Braim Dias, 90), Rodrigo (Isko, 82), Benzema (Azar, 82).
Alaves – Roberto, Eli, Laguardia, Marin, Ximo Navarro (Agirregabiria, 23), Mendes (Sayns, 68), Feysa (Maxmud, 55), Berk, Kamarasa, Lukas Peres (Rioxa, 55), Xoselu (Rodriges, 69).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:57, 11.07.2020.
O'qildi: 10281 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик