Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga. 9-turning markaziy o‘yiniga prevyu: «Paxtakor» - AGMK

Superliga. 9-turning markaziy o‘yiniga prevyu: «Paxtakor» - AGMK

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turida "Paxtakor" Toshkentda AGMK jamoasini qabul qiladi.

Olmaliq shahri jamoasiga qarshi "Paxtakor" chempionatlar tarixida 24 uchrashuvda maydonga tushgan. 18 bellashuv "Sherlar" g‘alabasi bilan yakunlangan. 2 o‘yin durang bilan tugagan va 4 bor raqib muvaffaqiyatga erishgan. 5 marta "Sherlar" ushbu jamoani yirik hisobda dog‘da qoldirishgan.

Toshkentda AGMK bir marta, 2013 yil 2:1 hisobida zafar quchgan. O‘z maydonida jamoamiz 9 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan.

"Paxtakor" olmaliqliklar darvozasini 40 bor ishg‘ol qilgan. Raqib esa 14 gol urishga erishgan. O‘zaro o‘yinlarda jamoamiz to‘purari Igor Sergeev hisoblanadi. U 6 bor ushbu jamoa darvozasiga gol urgan. Odil Ahmedov va Sherzod Karimov hisobida 5tadan gol bor. Vladimir Kozak va raqibdan Zafar Polvonov 3tadan to‘pga ega. Aleksandr Geynrix, Marko Simich hamda Dragan Cheran 2 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan.

O‘tgan yili jamoalar chempionat o‘yinlaridan tashqari ikki kubok musobaqa finalida to‘qnash kelishgan. Barcha to‘rt uchrashuvda "Paxtakor" AGMKdan yirik hisobda ustun kelgan. Chempionatda 4:1 va 3:0, kuboklar finallarida 3:0 va 6:2 hisobida raqibni tor-mor keltirgan.

Jamoalar safida diskvalifikasiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.

"Paxtakor" va AGMK o‘rtasidagi uchrashuv 13 iyul, dushanba kuni 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:00, 11.07.2020.
O'qildi: 3503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик