Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Qahramon Aslanov maqolasi: Kim tezroq APL chempionligini qo‘lga kiritadi: Sulsher yoki Lempard?

Qahramon Aslanov maqolasi: Kim tezroq APL chempionligini qo‘lga kiritadi: Sulsher yoki Lempard?

Baho:
+ | -

Avvalroq, qishda, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o‘xshash ravishda, tarkibda bir qator yoshlar bilan yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib yurganida, bu ikki jamoani solishtirgandim va Sulsherning vazifasi Lempardga nisbatan qiyinroq ekanini aytgandim.

Sababi, "MYU"dan farqli ravishda "Chelsi" tarkibida Jorjinyo, Kante, Aspi, Villian kabi o‘z vaqtida Angliyada chempion bo‘lgan futbolchilar bo‘lib, o‘yin asosan ularning ustiga qurilayotgandi. Sulsherda esa, unday sharoit yo‘q, jamoa rostanam g‘o‘r edi.

Oradan bir necha oy o‘tib, endi, agar yangi jamoa qurish haqida gap borsa, "MYU" bir qadam oldinroqda ekanini ko‘ramiz, buning sababi ham, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadi.

"Yunayted" kelasi mavsumda hujumda, himoyada va yarimhimoyada kimlar bilan o‘ynashini hozirdan biladi — yetishmayotgan ba’zi murvatlar, zaxira variantlari va jamoa saviyasini oshirishda aniq pozisiya uchun yulduz sotib olinadi, bo‘ldi.

Shu nuqtai nazardan, Lempardning ishi hali ko‘p:

1) Jorjinyoning o‘rni qanday bo‘ladi. Go‘yoki Lempard braziliyalik futbolchiga ishonmayotgandek tuyulyapti.

2) Kanteni saqlab qolinadimi?

3) Karantindan keyin "Chelsi"ning har golida ishtirok etayotgan Villian hali ham yangi shartnomaga rozi bo‘lmadi.

4) Himoyada Aspidan boshqa futbolchilarning o‘rni bahsli, na Zuma, na Kristiansenni biz kelajakdagi "Chelsi"ning asosiy futbolchisi deya olamiz.

5) Abraham kuzda yangi top futbolchidek edi, hozir esa, ishonchni oqlay olmayapti. Vernerning transferi bejizmas.

Xullas, "Chelsi"da darvozabondan tortib, barcha chiziqlarda kim, qaysi bog‘lamlar harakat qilishi haligacha aniqmasdek. Pulishich, Maunt va Jeyms bu mavsumning eng yorqin nuqtalari sifatida aytilishi mumkin bo‘lsa-da, bu futbolchilar poydevormas, ijrochi sifatida Lempardning qurollari bo‘lishadi xolos.

Shu paytda esa, Sulsher har bir chiziqda asosiy o‘yinchi kim-u, aynan o‘sha futbolchining zaxira variantida kim o‘tiradi, bilib bo‘ldi.

Kutilayotgan Jeydon Sancho transferi ham hatto, hozir har o‘yinda gol urayotgan Grinvudning pozisiyasiga kelyapti. Ya’ni, yangi futbolchidan xuddi Verner singari bugun va tez gol kutishmaydi, Sancho kelgan taqdirdayam, bemalol, klubga moslashib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Albatta, bu fikrlar uzoq muddatli davr uchun qilinayotgan ishlar haqida xolos. Bu ikki jamoadan qaysi biri avvalroq sovrin yutadi, buni bilmayman. Qisqa muddatli loyihalar bilan chempionlikka erishish ham "Chelsi"ning xususiyatlaridan biri, Konte va Joze davrini eslang. Bu ham bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi fikrlar, shunchaki, sobiq jamoasida avlodlar almashinuvining boshida turishi kerak bo‘lgan ikki afsonaning ishiga berilgan joriy baho. Kim yuqoriroq o‘rin olishidan qat’i nazar, Sulsher bir qadam oldinda, nazarimda.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 14:17, 11.07.2020.
O'qildi: 7923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.