Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Sergey Lushan — «Dinamo» klubi bosh murabbiyi

Sergey Lushan — «Dinamo» klubi bosh murabbiyi

Baho:
+ | -

Bugun, 11 iyul kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev, klub rahbariyati va jamoa futbolchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Shuhrat Ro‘ziyev «Dinamo» jamoasining bu yilgi maqsad va vazifalari haqida atroflicha so‘z yuritib, joriy mavsumda viloyat rahbariyati va homiylar tomonidan klub oldiga eng avvalo Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilganligi, shu maqsadda o‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli mutaxassis Sergey Lushan «Dinamo» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganligini e’lon qilib, Sergey Ivanovichni jamoaga tanishtirdi. Unga yordamchi murabbiy sifatida Muhitdin Ortiqov yordam beradi.

Shundan so‘ng, Sergey Lushan so‘zga chiqib, bildirilgan ishonchga munosib bo‘lish hamda yangi jamoaning rivoji uchun bor kuch va tajribasini ishga solishini aytib o‘tdi.

«Dinamo» PFK bosh direktori Uchqun Qobilov ham so‘zga chiqarkan, viloyat rahbariyati va klub homiylari hamda samarqandlik minglab muxlislar ishonchini oqlash uchun yangi bosh murabbiy bilan birga jamoa ravnaqi va Superligaga chiqishi uchun bor kuch va imkoniyatlar ishga solinishini ta’kidladi.

Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov va klub homiylari tomonidan Sergey Lushan oldiga «Dinamo» klubini Superligaga olib chiqish, samarqandlik yosh futbolchilarni kashf etib, katta futbolga qadam qo‘yishga ko‘maklashish kabi maqsad va vazifalar qo‘yilganligi ma’lum qilindi.

Toshkentning «Bunyodkor» hamda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidagi yorqin faoliyati bilan o‘zbek futbolining bugungi kundagi yorqin vakillari Eldor Shomurodov, Sardor Rashidov, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov, Rustam Ashurmatov, Akromjon Komilov va yana bir qator nomlarning kashf etilishiga munosib hissa qo‘shgan Sergey Ivanovichning Samarqand futbolidan ham yangi nomlar chiqarishiga ishonib, murabbiyning boshlayotgan yangi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz.

Ma’lumotnoma:

Sergey Ivanovich Lushan

1973 yil, 9 aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyatida to‘p surgan klublari:

«Ma’danchi» (Bekobod) (1992-93), «Okean» (Rossiya), «Krilya Sovetov» (Rossiya), «Rostelmash» (Rossiya), «Uralan» (Rossiya), «Metallurg» (Rossiya), «Yunit» (Rossiya), «Bunyodkor» (Toshkent) (2007-2008).

1998-2003 yillar O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi sanalgan.

Murabbiylik faoliyati:

«Bunyodkor» (yoshlar) – 2011-2013 yillar

O‘zbekiston yoshlar jamoasi U-19 – 2014

«Bunyodkor» – 2014-2017 yillar

«So‘g‘diyona» – 2018-2019 yillar.

2020 yilning 11 iyul kunidan «Dinamo» bosh murabbiyi.

Murabbiy sifatida yutuqlari:

«Bunyodkor» klubi bilan O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2016), kubok finalchisi (2017), Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 19:25, 11.07.2020.
O'qildi: 4115 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик