"Betis"ning yangi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Sevilya klubining transfer rejalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Tarkibni kuchaytirish – bu butun klubning birgalikdagi ishi. Murabbiy o‘z xohish-irodasini bildiradi, rahbariyat va skautlar turli xil variantlarni muhokama qilishadi. Klublar byudjetlari turlicha, shuning uchun men Messi yoki Ronalduni sotib olishni so‘ray olmayman. Ammo biz tarkibni maksimal darajada kuchaytirishimiz kerak", – dedi Pellegrini.
Eslatib o‘tamiz, Pellegrini bundan oldin Ispaniya chempionatida "Valyadolid", "Real" va "Malaga" klublarida ishlagan.