Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

APL. «Man Yunayted» 3-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

APL. «Man Yunayted» 3-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 35-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Sautgempton»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Mehmonlar bahsning 12-daqiqasida Styuart Armstrong tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. Maydon egalari tezda o‘zlariga kelib olib, nafaqat muvozanatni tiklashdi, balki oldinga ham o‘tib olishdi.

Dastlab Marsial jarima maydoni ichida to‘pni qabul qildiyu, amallab qulay vaziyatda turgan Reshford tomon pas berdi. Markus esa aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Marsial individual mahorat evaziga raqib jarima maydoniga kirib kelib, to‘pni darvozaga joyladi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarigacha ustunlik Sulsher jamoasi tomonida bo‘ldi. Jumladan, Marsial va Reshford gol urish uchun yana imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ular vaziyatlarni golga aylantira olishmadi.

So‘nggi daqiqalarda esa "Sautgempton" raqib darvozasi tomon bosim uyushtirdi. Bir vaziyatda David de Xea seyv namoyish etgan bo‘lsa, ikkinchi taymga qo‘shib berilgan 6-daqiqada mehmonlar burchak zarbasidan keyin darvozani ishg‘ol qilishdi.

Mazkur durang tufayli "MYU" ochkolari (59) bo‘yicha "Lester"ga yetib oldi. Ammo to‘plar farqi "tulkilar"da yaxshiroq bo‘lgani uchun "Yunayted" 5-pog‘onada qoldi. Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi taqdiri katta ehtimol bilan so‘nggi turda bo‘ladigan "Lester" - "Manchester Yunayted" o‘yinida hal bo‘ladi.
 
APL, 35-tur
Manchester Yunayted – Sautgempton 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 12 Armstrong, 1:1 – 20 Reshford, 2:1 – 23 Marsyal, 2:2 – 90+6 Obafemi.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Shou (Uilyams, 75), Maguayr, Lindelef, Pogba (Fred, 63), Brunu Fernandesh (Maktomini, 84), Matich, Marsyal, Grinvud (Jeyms, 84), Reshford.
Sautgempton – Makkarti, Stivens, Bednarek, Uoker-Piters, Bertran, Romeu (Obafemi, 87), Armstrong (Smollboun, 69), Uord-Prouz, Redmond, Adams (Long, 64), Ingz.
Ogohlantirishlar: Uord-Prouz (44), Stivens (53), Uoker-Piters (56), Uan-Bissaka (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:07, 14.07.2020.
O'qildi: 6128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик