Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Diyor Imomxo‘jayev Pro-liga ilk bor translyasiya qilinishiga izoh berdi

Diyor Imomxo‘jayev Pro-liga ilk bor translyasiya qilinishiga izoh berdi

Baho:
+ | -

O‘qib ulgurgan bo‘lsangiz kerak, Pro liganing media va tijorat huquqi masalasida UzReport bilan kelishuvga erishdik. Bu ikki tomonlama manfaatli hamkorlik bo‘ladi.

Sport-TV Superliga uchrashuvlari sonini ikki yil davomida ko‘paytirib keldi va bugun barcha uchrashuvlarni jonli ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldik. 2021-22 yillardan boshlab esa endi sifat masalalariga o‘tiladi.

Pro liga bilan bugun erishilgan hamkorlik esa bizni yangi bosqichga olib chiqadi. Ya’ni, biz ikki liga o‘rtasidagi juda katta tafovutni bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz, ligalar saviyasini bir-biriga yaqinlashtiramiz. Pro liga uchun homiylar topish, Pro liga muxlislari bilan ishlash kabi masalalar kun tartibida bo‘ladi. Pirovardida, biz O‘zbekiston media bozorida ham talabni shakllantirishga erishamiz. Ya’ni, 2023-24 yillarga borib bir-biriga raqobatchi bo‘lgan kamida ikki telekanal qiziqishlari doirasida bo‘lishimiz mumkin. Bundan hamma — Sport-TV, UzReport, O‘zPFL va oxir-oqibat futbol yutadi.

Mana endi O‘zPFL 12 tadan jamoasi bor ikki liga masalasini kun tartibiga olib chiqadi va uni klublar muhokamasiga qo‘yadi. Agar bizda har ikki liga translyasiya qilinsa va har ikki liganing o‘z titul homiysi bo‘lsa, nima uchun raqobat va marketing yo‘lida bu reja haqida o‘ylab ko‘rmaslik kerak? Avval ham aytganimizdek, O‘zPFL bundan buyon albatta klublar fikrini ham eshitadi va ularni tahlil qiladi. Muxlislar esa tomoshabop va raqobatga boy futbol ko‘rishlari uchun imkoniyatlarning barchasini hisobga olish kerak bo‘ladi. UzReport va Sport-TV bilan hamkorlik bizga shu eshiklarni ochishi mumkin.

Ishonamizki, bizni oldinda hali ko‘p yangiliklar kutyapti. Biz nafaqat pandemiya davrida chempionatni davom ettirish yo‘lida mehnat qilamiz, balki kelasi mavsumlar uchun ham poydevorni shakllantirib boraveramiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 20:34, 15.07.2020.
O'qildi: 2988 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.