Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

«Navbahor» Belenkov masalasiga oydinlik kiritdi

«Navbahor» Belenkov masalasiga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 20 iyul kuni sportga ixtisoslashgan saytlar va OAVda rossiyalik  63 yoshli mutaxassis Aleksey Ilich Belenkovning Namanganning “Navbahor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagani, biroq klub hamda Belenkov o‘rtasida 2023 yil 30 noyabrga qadar tuzilgan shartnomani muddatidan avval bekor qilingani hamda klub yordamchi murabbiyga shartnoma bo‘yicha pullarini to‘lamaganligi, natijada murabbiyning yuristlari “Navbahor”ga 150 ming AQSH dollari to‘lashni va barcha masala yopilishini ma’lum qilishganini, ammo klub bunga e’tibor qilmaganligi uchun Aleksey Belenkov FIFAga murojaat qilganligi, rossiyalik mutaxassisning huquqlarini SILA kompaniyasi himoya qilishi, “Navbahor” 30 kun ichida Belenkovga 520 ming AQSH dollari (taxminan 5 milliard 300 million so‘m) to‘lashi shartligi, aks holda, FIFA sanksiyalar qo‘llashi,  bular transferlarni amalga oshirishga taqiq qo‘yish, ochkolar olib tashlash va quyi ligaga tushirib yuborish bo‘lishi mumkinligi borasida maqola chop etildi.

“Navbahor” PFK rossiyalik mutaxassis Aleksey Ilich Belenkov masalasiga oid mazkur maqola yuzasidan raddiya bildirib, quyidagilarni bildiradi:

Aleksey Belenkov “Navbahor” jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan davrlari, ya’ni 2019 yilning centyabr oyidan  dekabr oyigacha bo‘lgan muddat uchun klubdan oylik maoshlarini to‘liq olgan.

O‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng, “Navbahor” jamoasi a’zolari mavsumlar oralig‘idagi qishki ta’tilga chiqishadi.

Shu munosabat bilan Aleksey Belenkov o‘z yurti Rossiyaga jo‘nab ketgandi.

Shundan keyin yangi yildan so‘ng, “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Biroq Aleksey Belenkov jamoa ixtiyoriga yetib kelmaydi. “Navbahor” PFK rahbariyati ushbu rossiyalik mutaxassis bilan qo‘ng‘iroqlashib, jamoaga qaytishini ta’kidlaydi. Lekin Aleksey Ilich “Navbahor”da faoliyat yuritmasligini aytadi.

Shu kungacha “Navbahor” PFKning rasmiy elektron pochtasi manziliga jamoaning rossiyalik mutaxassisdan qarzi borligi to‘g‘risida hech qanday xat  jo‘natilmagan va jamoa bu borada ogohlantirilmagan.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:35, 21.07.2020.
O'qildi: 5216 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик