Sky Sports nashrining xabariga ko‘ra, "Ayaks" darvozaboni faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas.
Bu haqda 23 yoshli posbonning o‘zi ma’lum qildi. U APLning top klubidan taklif kutayotganini aytdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Onanani 36 million yevroga baholamoqda. Bu mavsum darvozabon 24ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.