Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Irismetov: “O‘zbekistonda qozoq futbolchilarga qiziqish juda kam”

Irismetov: “O‘zbekistonda qozoq futbolchilarga qiziqish juda kam”

Baho:
+ | -

Ayni damda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi sport direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan Jafar Irismetov Qozog‘istonning “Sports.kz nashri uchun intervyu berib o‘tdi. Ushbu suhbatdagi qiziqarli fikrlar bilan Stadion.uz tanishtirib o‘tadi.

- Jafar ayni damda nima bilan bandsiz?

- Bugungi kunda “Paxtakor” klubi sport direktoriman. Avval boshida biroz qiynaldim, biroq sekin-asta barchasi o‘z o‘rniga tushib ketdi. 3 yil mobaynida ancha tajriba to‘pladim.

- Ayni damda, sizning klubingiz uchun Qozog‘iston futbol bozori qay darajada qiziq?

- Professional nazar bilan aytadigan bo‘lsam, yurtingizdagi futbolchilar bizni kamdan-kam hollatlarda qiziqtiradi. Shaxsan men yurtingizdagi narx-navoni bilganim uchun ham bu ish oson emasligini yaxshi bilaman. Bunday vaziyatda xorijliklar bilan muzokara o‘tkazish biz uchun qulayroq. Misol uchun, yaqinda “Astana” jamoasida to‘p tepgan legioneringiz bilan qiziqib qoldik. Afsuski, uni o‘z tomonimizga og‘dirishning iloji bo‘lmadi.

Ochig‘i, men Qozog‘iston futbolini kuzatib boraman. Sababi, u yerda bir necha mavsum to‘p tepganman. Achinarlisi shundaki, “Irtish”dek jamoa quyi dvizionga ravona bo‘ldi. Bu qozoq futboli uchun katta minus. “Qayrat” klubini ham muntazam kuzatib boraman. U yerda do‘stlarim faoliyat olib bormoqda. Yaqinda, Vadim Borovski bilan suhbatlashdim. Shuningdek, “Tobol”da murabbiylik qilayotgan Grigori Babayan bilan ham yaqindan tanishman. Men aynan shu do‘stlarim sababli qozoq futbolidagi yangiliklardan xabardor bo‘lib turaman. O‘zimizda, yurtingiz futboli haqida ma’lumotlar juda kam.

- O‘zbek futboliga koronavirus pandemiyasi qanday ta’sir ko‘rsatdi?

- Darhaqiqat, pandemiya futbolga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Barcha bosh jamoa haqida bosh qotirmoqda, lekin biz “Paxtakor”ning kelajagi haqida bosh qotirishimiz lozim. Asosiy vazifamiz klub akademiyasining bir meyorda faoliyat olib borishi. “Paxtakor”ning akademiyasida tarbiyalanayotgan yosh futbolchilar katta futbolga qadam qo‘ygunga qadar qoqilmasligi lozim. Afsuski, U-18 jamoamiz 5 oydan beri futboldan chetda qolmoqda. Vaholanki, ular ikki yildan so‘ng asosiy jamaoga jalb etilishi lozim. Shu sababli, bugungi kunda yoshlarimizga ko‘proq e’tibor qaratish lozim.

 

Shu o‘rinda asosiy jamoa ham e’tibordan chetda qolmayapti. Ichki birinchilik davom etmoqda, biroq mamlakatimizda qizil hududlar mavjud. Bunday hududagi klublar uy uchrashuvlarini o‘tkaza olmaydi. To‘g‘risi, futbol rahbarlarimiz barchasini o‘nglash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirmoqda. Muxlislar esa, o‘yinlarni stadionda tomosha qila olmayapti. To‘g‘risi, biz Yevropa klublar singar chipta sotuvidan katta zarar ko‘ryapmiz deya olmayman. Bizning asosiy muammoyimi yoshlarimizning futboldan chetda qolgani. Yaqinda Ularning aksariyati o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo birinchiligida ishtirok etishi lozim edi, lekin ular deyarli mashg‘ulot o‘tkazishmayapti. Mana global muammo nimada.

- O‘zbek klublarida koronavirus aniqlangan holatlar kuzatilmadimi?

- Yo‘q. Yaratganga shukurlar bo‘lsin. Umid qilamanki, hech kim bu kasallik bilan og‘ramaydi. Hozircha ichki birinchilik klublarida bu muammo yuzaga chiqqani yo‘q.

- Qachonlardir Qozog‘istonda faoliyat olib borishingiz mumkinmi?

- Albatta! Bu hayot. Unda barcha narsa bo‘lishi mumkin. Boz ustigam tez orada PRO lisenziyasini qo‘lga kiritman. O‘qish yakunlanib bo‘ldi. Shunchaki, rasmiyatchilik qoldo xolos. Kim biladi deysiz, balki Qozog‘iston klublarida murabbiylik faoliyatimni olib borarman. Albatta, menga taklif bilan chiqishsa. Shunga qaramay, ayni damda “Paxtakor”da baxtliman. Doimo O‘zbekistonning birinchi raqamli klubida faoliyat olib borishni orzu qilganman. Nasib qilsa, qachonlardir Qozog‘istonda ham faoliyat olib boraman.

Manba: Sports.kz
Kiritildi: 19:10, 28.07.2020.
O'qildi: 4936 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.