Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

PSJ “Liverpul” futbolchisini sotib olmoqchi

PSJ “Liverpul” futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sanches ketadi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Aleksis Sanches rasman “Inter” futbolchisiga ayalanadi.

Bu haqida bir nechta italiya nashrlari ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, “Inter” “qizil iblislar”ga hujumchi uchun 15 million yevro tavon puli to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” allaqachon Sanchesni “Xetafe”ga qarshi Yevropa Ligasi musobaqasi o‘yini uchun ro‘yxatga kiritgan.

“Yuve” uni kuzatmoqda

Turinning “Yuventus” klubi “Barselona” himoyachisi Serhio Akyemeni nishonga olmoqda.

“Mundo Deportivo”ning ma’lum qilishicha, gvineyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, ikkinchi jamoaning yetakchisi uchun “Yuventus” kurashga qo‘shilgan. Manbaning ma’lum qilishicha, “Yuve” 22 yoshli himoyachi uchun shaxsiy shartnoma tayyorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Serhio “Barselona B” sharafini bu mavsumda 27 ta o‘yinda himoya qildi, biroq golli vaziyat yarata olmadi.

Pochettino “Barsa”da?!

Ayni damda ishsiz qolib ketgan Maurisio Pochettino Kataloniya klubida ish boshlashi mumkin.
"Daily Mail"nashrining ma’lum qilishicha,

“Barselona” YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritmasa, Kike Setyen o‘rnini argentinalik mutaxassis egallaydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Pochettino va Bartameu allaqachon yangi shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishgan.

“Liverpul” himoyachi izlamoqda

Angliyaning “Liverpul” klubi yozda Robertson uchun dam olish imkoniyatini yaratib berishga qodir chap qanot himoyachisini sotib olish niyatida.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida Olimpiyakos” himoyachisi Konstantinos Simkas turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi ayni damda Yevropa Ligasi musobaqasida o‘z ampluasidagi eng yaxshi futbolchi sanaladi.

PSJ “Liverpul” futbolchisini sotib olmoqchi

Parijning PSJ klubi “Liverpul” markaziy himoyachisi Joel Matip bilan jiddiy qiziqib qoldi.

Kick442 nashrining ma’lum qilishicha, Parij klubi jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Tiago Silvaning o‘rnini to‘ldirishini rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kamerunlik himoyachi “Liverpul” safida 85 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoaning asosiy himoyachisiga ayalana oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:27, 04.08.2020.
O'qildi: 5030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.