Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jaloliddinovning agenti PFL so‘rovi borasida javob berdi

Jaloliddinovning agenti PFL so‘rovi borasida javob berdi

Baho:
+ | -

Jasur Jaloliddinovning «Bunyodkor»dan Moskvaning «Lokomotiv» klubiga transfer qilingani atrofida yuzaga kelgan munozarali vaziyat borasida futbolchining agenti Yuriy Belous ham o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Rossiyalik taniqli futbol mutaxassisining aytishicha, PFL tomonidan O‘FAga ushbu transfer bo‘yicha ish ochish uchun so‘rov yuborilgan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchining Moskva klubiga transfer qilinishi borasida shubha-gumonga o‘rin yo‘q.

«Ushbu transfer tarixi tiniq suvdek top-toza, turli gumonlarga o‘rin yo‘q. Bilishimcha, «Bunyodkor»da rahbariyat o‘zgargan, bosh direktor o‘rniga boshqasi kelgan. Ularga transfer bo‘yicha hujjat qog‘ozlari kerak bo‘lsa, o‘zlari izlayverishsin. Agarda ularga nimanidir berish lozim bo‘lsa, buni «Lokomotiv»dan so‘rashlari mumkin bo‘ladi.

Jasur «Lokomotiv»ga erkin agent sifatida o‘tgandi. Uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga qaror qilingandi. Shunga qaramay, «Bunyodkor» uni qo‘yib yuborish uchun ma’lum mablag‘ni belgilab qo‘ygandi. Transfer uchun to‘lovni Jasurning o‘zi yoki uchinchi tomon amalga oshirishi mumkin edi va shunday ham qilindi. «Bunyodkor» mablag‘ni to‘lig‘ligicha oldi, shuningdek klub FIFA qoidasiga binoan futbolchini tarbiyalagani uchun yaxshigina miqdordagi mablag‘ga ham ega bo‘ldi. «Bunyodkor» tomonidan hech qanday e’tiroz yoki shikoyat yo‘q. Ularga mablag‘ni Rossiyaning eng yaxshi klublaridan biri to‘ladi. Futbolchining ham kelajagi yorqin», - deydi Yuriy Belous «RIA Novosti» muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Jaloliddinov iyul oyi yakunida «Bunyodkor»dan «Lokomotiv»ga o‘tib, moskvaliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi.

Avvalroq, «Bunyodkor» klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda transfer uchun Rossiya klubi 350 ming yevro to‘lashini ma’lum qilgandi.

Mirzayev noma’lum sabablar tufayli lavozimidan ozod etilgach, 17 avgust kuni PFL Jaloliddinov transferi bo‘yicha ish ochish uchun O‘FAga so‘rov jo‘natganligini tashkilot direktori Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qilgandi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 21:38, 17.08.2020.
O'qildi: 3690 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.