Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dmitri Payet koronavirusga chalindi

Dmitri Payet koronavirusga chalindi

Baho:
+ | -

«Marsel» yarim himoyachisi Dmitri Payetda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda RMK Sport nashri xabar bermoqda.

Qayd etish joiz, bu fransuz klubidagi koronavirus bilan bog‘liq beshinchi holat. Bungacha «Marsel»da COVID-19 infeksiyasining to‘rtta holati aniqlangandi.

Fransiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Marsel» – «Sent-Etyenn» uchrashuvi Marsel klubi futbolchilarida koronavirus aniqlangani tufayli qoldirildi. Uchrashuv 21 avgust, juma kuniga belgilangan edi. Hozirda uchrashuvning 16 yoki 17 sentyabrga qoldirilgani ta’kidlanmoqda.

«Marsel» o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. «Sent-Etyenn» esa mavsumni 17-o‘rinda yakunladi.

Ma’lumot uchun, Dmitri Payet 2017 yildan beri «Marsel» sharafini himoya qilib keladi. Liga1 ning 2019/20 yilgi mavsumida u 22 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:44, 21.08.2020.
O'qildi: 1727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик