"Sevilya" hujumchisi Lyuk de Yong Evropa Ligasi finalida "Inter" darvozasiga ikkita gol urishga erishdi (2:2, ikkinchi bo‘lim).
Hujumchi 12- va 33-daqiqalarda o‘z nomiga gollar yozdirib qo‘ydi. Natijada, futbolchi Yevropa Ligasi finallarida dublga erishgan 7-futbolchi bo‘ldi.
Avval bu natijaga Diyego Forlan, Antuan Grizmann (ikkisi ham – «Atletiko»), Radamel Falkao («Portu»), Karlos Bakka, Koke (ikkisi ham – «Sevilya») va Eden Azarlar («Chelsi») erishgan.